Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻrtinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruhi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
|
Raxmanov Zakirjon |
— |
Fargʻona viloyati xalq deputatlari Quva tumani Kengashining raisi, tuman hokimi (guruh rahbari) |
|
Borisova Yelena Mixaylovna |
— |
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining oʻrinbosari |
|
Yuldashov Mansur Arzikulovich |
— |
Samarqand viloyati Paxtachi pedagogika kolleji direktori |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-aprel,
SQ-414-II-son