Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-440-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-440-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
2149-III-son