Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J. Qoʻchqorovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qashqadaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, shuningdek “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J. Qoʻchqorovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qashqadaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovi yuborilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
1957-III-son