Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
|
Abdikarimova Sayyora Sapayevna |
— |
Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (Kotibiyat rahbari) |
|
Akramov Akmal Maxmudovich |
— |
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari bosh muharriri, Senatning Reglament va odob komissiyasi raisi |
|
Joʻrayev Abdumoʻmin Sunnatovich |
— |
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi |
|
Muxamedov Gafurdjan Israilovich |
— |
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
Rtveladze Edvard Vasilyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti boʻlimi mudiri |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
SQ-394-II-son