Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-433-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 9-noyabrda kiritilgan “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-433-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari X. KETMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-noyabr,
2123-III-son