Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Seul, 2012-yil 20-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 29-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Seul, 2012-yil 20-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Seul, 2012-yil 20-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-mart,
SQ-370-II-son