01.02.2021 yildagi PQ-4969-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishlab chiqaruvchilarga teng sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarni qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini koʻrsatish uchun import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimidan tashqari) ozod qilinsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini koʻrsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 270 kun kechiktirib toʻlashiga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qarorga muvofiq imtiyozlar qoʻllangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar roʻyxatlari va ularga tuzatishlar imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi hamda ular yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda, import qiluvchi har qanday tashkilotlar roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanish uchun import qilgan tashkilotlar rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va tegishli manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shu jumladan tarmoqda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan loyihalarni xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4969-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2021-y., 07/21/4969/0075-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)