Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn oltinchi yalpi majlisining kun tartibiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga qoʻshimcha ravishda quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-noyabr,
SQ-457-II-son