Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 12-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-avgust,
543-I-son