Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-yanvar,
44-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 44-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 143-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 17-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Jamgʻarma tomonidan Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga;
davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
2022-yildan boshlab aholi tomorqalarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga;
aholining, dehqon xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarining hamda “Tomorqa xizmati” MCHJlar va ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga;”;
sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 19-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jamgʻarma tomonidan “Agrobank” ATBga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Uyushmaning sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. Tomorqa xizmati” MCHJlar reyestri yuritiladigan axborot dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2021-y., 09/21/44/0072-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)