Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2009 27.07.1995 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2009
Hujjat 05.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKSIONERLIK-TIJORAT “PAXTA-BANK”NI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, paxtachilikka va u bilan bogʻliq tarmoqlarga bank xizmati koʻrsatishni yaxshilash, ushbu sohada hisob-kitoblarni takomillashtirish va uning yangi shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” respublika aksionerlik-tijorat banki muassislarining ushbu bank negizida aksionerlik-tijorat “Paxta-bank”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Paxta-bank” moliyaviy, mulkiy va boshqa majburiyatlar va talablar boʻyicha “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Paxta-bank”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni va paxta yetishtirish hamda uni qayta ishlash bilan bogʻliq tashkilotlarni rivojlantirish uchun moliyaviy mablagʻlarni jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, paxta zavodlariga, paxtachilikka xizmat koʻrsatuvchi oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning boshqa korxonalari va tashkilotlariga kompleks bank va valyuta-investitsiya xizmati koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va sotish bilan bogʻliq xoʻjaliklar va tashkilotlarga ular bilan fyuchers bitimlar tuzish orqali boʻlgʻusi hosil hisobidan avans berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish, shuningdek, xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi va berilgan kreditlarning qaytarilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veksellar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarda belgilangan tartibda “Paxta-bank”ning boʻlinmalarini tashkil etish yoʻli bilan bank xizmati koʻrsatishni mijozlarga yaqinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit kartochkalari joriy etish va elektron bank xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Paxta-bank” aksionerlariga oʻn kun muddatda belgilangan tartibda taʼsis yigʻilishi oʻtkazish va bank Ustavini tasdiqlash taklif etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Paxta-bank”ni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va unga belgilangan tartibda tegishli litsenziya bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” tomonidan ijaraga olingan xizmat binolarini qoldiq qiymat boʻyicha haq toʻlash asosida “Paxta-bankka berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-son