Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Yekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda qabul qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Yekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Yekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
271-II-son