Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimini (Madrid, 1891 yil 14-aprel) denonsatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimini (Madrid, 1891 yil 14-aprel) denonsatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-iyun,
183-I-son