Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
126-II-son