Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruh toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
| Bektemirov Oʻtkirbek Oʻktamovich |
— |
Baliqchi tumani hokimi (guruh rahbari) |
| Alimova Xalida Raufovna |
— |
Jizzax viloyati koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bosh shifokori |
| Sidikov Damir Lutfullayevich |
— |
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
114-II-son