Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan vazifalar toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Soliq va budjet siyosatining 2011-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
6. “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli Qarorining 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
9. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
10. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
11. “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
13. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
14. “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
15. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
16. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
17. “Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
18. Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
19. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
20. Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
21. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
22. Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
115-II-son