Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 6-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-avgust,
93-II-son