Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-431-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-431-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-dekabr,
2263-III-son