Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2016 24.11.1992 yildagi 555-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2016
Hujjat 24.11.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON DAVLAT QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh (“OʻZQURILIShMATERIALLARI”) KONSERNI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konsernini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konserni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi avval tuzgan barcha shartnomalar va u tomonidan qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan huquqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini toʻla xoʻjalik hisobi asosida mustaqil hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar oʻz xoʻjalik mustaqilliklarini hamda yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzqurilishmateriallari” konserni boshqaruvining yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruv va taftish komissiyasini saylaydi, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari va tizimini belgilaydi. Konsern apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, xodimlarning eng koʻp soni 45 nafardan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bunga kirmaydi) iborat qilib belgilansin, ularni saqlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning daromadlaridan mablagʻ ajratish hisobiga hosil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsernga raisning 4 nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosarga ega boʻlish tavsiya qilinsin. Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari konsern Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern raisi va uning oʻrinbosarlariga respublika vazirliklari va idoralarining tegishli xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mulkchilikning yangi shakllariga oʻtish tizimini ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi va “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining binokorlik materiallari sanoati birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha choralarni bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binokorlik materiallari sanoati davlat korxonalarini 1993-1994-yillarda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirishda bu aksionerlik jamiyatlarining davlatga tegishli ulushi uning kamida yarmini tashkil etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli ulushlar (hissalar, aksiyalar)ga muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa jamiyatlar va shirkatlar faoliyatini boshqarish huquqini “Oʻzqurilishmateriallari” konserniga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini aksionerlik jamiyatlarini rivojlantirish uchun shartnoma asosida ularga berishni amaliyotga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konserni bir oy muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta aylantirishning mehnat jamoalari tomonidan tanlangan tashkiliy-huquqiy shakllarini koʻrsatgan holda 1993-1994-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish moʻljallangan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning obyektma- obyekt roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi sobiq Binokorlik materiallari sanoati vazirligi uchun 1992-yilda oʻrnatilgan aloqa va telefonlarning barcha turlarini “Oʻzqurilishmateriallari” konserni uchun saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompleksga kadrlar bilan butlashda va tarkibiga kiruvchi birlashmalar va tashkilotlarning kompleks rivojlanishini taʼminlashda yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzqurilishmateriallari” konserni boshqaruvi va uning ishchi apparati Binokorlik materiallari sanoati egallab turgan Toshkent shahar, Miroqilov koʻchasi, 68-a uydagi binoga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Binokorlik materiallari sanoati vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1989-yil 12-sentabrdagi 285-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida koʻrib chiqilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
555-son