Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.07.1995 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 12.07.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORVAChILIKDA NASLChILIK IShLARINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xoʻjaliklarida naslchilik ishlarini yaxshilash asosida chorvachilikning mahsuldorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ilovaga* muvofiq davlat qoramol naslchilik zavodlari tashkil etilsin. Buning uchun har bir naslchilik zavodiga yuqori mahsuldor qora-ola zotli 500 boshdan gʻunajin va sunʼiy qochirishda foydalanish uchun 50 boshdan nasldor buqa keltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovada keltirilgan xoʻjaliklarga davlat naslchilik zavodi maqomi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori mahsuldor zotli yosh mollar yetishtirish va respublikaning naslchilik xoʻjaliklari va naslchilik fermalarini ular bilan taʼminlash yangidan tashkil etilayotgan naslchilik zavodlarining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Husanov) va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) zotli mollar yetkazib beruvchi chet el firmalari bilan kontraktlar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi import boʻyicha 2500 bosh zotli gʻunajin, 50 bosh zotli buqa va buqa urugʻlarini qadoqlaydigan va muzlatadigan avtomatlashtirilgan liniya sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga milliy valyutada, keyinchalik ularni respublika valyuta birjasida erkin muomaladagi valyutaga almashtirgan holda, kontraktga muvofiq summada kredit resurslari ajratish masalasini koʻrib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari yem-xashak yetishtirish uchun shartli har bosh zotli mol hisobiga bir gektardan yer ajratish masalasini koʻrib chiqsinlar va hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Husanov) va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Muhitdinov) 1996-yildan boshlab har yili naslchilik zavodlariga davlat resurslaridan shartli har bosh molga bir tonna hisobidan paxta shroti ajratilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga naslchilik xoʻjaliklarining ilgari tasdiqlangan roʻyxatiga, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻzgartirishlar kiritish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chorvachilikda, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shuningdek, aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida naslchilik ishlariga taalluqli qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar bajarilishining davlat nazoratini amalga oshirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida shtatdagi xodimlari soni 5 nafardan iborat boʻlgan Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida xodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat boʻlgan chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi budjetni tuzishda har yili chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari taʼminoti uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Muhamadjonov) naslchilik zavodlari, naslchilik xoʻjaliklari va naslchilik fermalarini toʻyimli sifatli omixta oziqalar, shuningdek, buzoqlar uchun sut oʻrnida ishlatiladigan aralashma bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Habibullayev) Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarida koʻrsatib oʻtilgan naslchilik zavodlarida jamlanayotgan nasldor zotlar boʻyicha tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida 1995-yil noyabr oyida axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-son