Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I. Madjidovga “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida olib borilayotgan huquqiy taʼlim va tarbiya ishlari samaradorligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I. Madjidovga “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida olib borilayotgan huquqiy taʼlim va tarbiya ishlari samaradorligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I. Madjidovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-noyabr,
543-IV-son