Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi Bitimga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi Bitimga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi Bitimga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
470-I-son