Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaga (Toshkent, 1992-yil 15-may) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaga (Toshkent, 1992-yil 15-may) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaga (Toshkent, 1992-yil 15-may) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
467-I-son