Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-martda qabul qilingan “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
464-I-son