Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Education” nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-noyabrdagi 900-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 25-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Education” nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-noyabrdagi 900-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
4-bandning “b” kichik bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻz mablagʻlari hisobidan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz — 2, Oloy mavzesi manzilida joylashgan 422-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;”
b) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi kelgusida Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz — 2, Oloy mavzesi manzilida joylashgan bino va inshootlardan belgilangan tartibda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida foydalanish davom ettirilishini taʼminlasin.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/25/0048-son)