18.01.2021 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish uchun berilayotgan Yaponiya hukumatining grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish toʻgʻrisidagi Yaponiya hukumatining taklifi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya hukumatlari oʻrtasida har yili Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish boʻyicha almashinuv notalari va grant bitimlari imzolanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili imzolanadigan almashinuv notalari va grant bitimlari asosida Yaponiya hukumati tomonidan Yaponiyaning yetakchi universitetlarida oʻqish uchun stipendiyalar ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2020-yil 18-avgust kuni imzolangan almashinuv notasi va grant bitimi asosida Yaponiya hukumatining 291 mln Yaponiya iyenasi (2,6 mln AQSh dollariga ekvivalentda) miqdoridagi granti 2021-2022-yillarda foydalanish uchun taqdim etilgani;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yaponiya tomonidan — Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (keyingi oʻrinlarda — JICA), Oʻzbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida grantni olish va undan foydalanish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani sifatli bajarish va hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzmilliybank” AJ) bilan tegishli agentlik bitimini tuzish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant hisob-kitoblari doirasida Yaponiyaning MUFG Bank, Ltd. banki (keyingi oʻrinlarda — Yaponiya banki) xizmatlari va vositachilik xarajatlarini toʻlab berish majburiyati haqida belgilangan shakldagi kafolat xatini (acknowledgement letter) “Oʻzmilliybank” AJga taqdim qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmilliybank” AJ tomonidan tegishli talabnoma taqdim etilgandan soʻng uch ish kuni ichida Yaponiya banki vositachilik haqi va grant boʻyicha yuzaga keladigan boshqa xarajatlarni toʻlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant hisob-kitoblarini amalga oshirish yuzasidan bank xizmatlari, vositachilik xarajatlari va grant boʻyicha yuzaga keladigan boshqa xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiatlarning oʻqishi va oʻqishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzmilliybank” AJga har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JICA tomonidan ajratilgan grantlardan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish yuzasidan Yaponiya banki bilan banklararo bitimni tuzish hamda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan almashinuv notalari va grant bitimlari asosida grantlarning hisob-kitob xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan loyiha doirasida agentlik bitimi asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tegishli mablagʻlar taqdim etilgandan soʻng uch ish kuni ichida Yaponiya banki vositachilik xarajatlarini toʻlab berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/26/0040-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)