O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan Professor-o‘qituvchilar tarkibi va xodimlarning boshqa toifalarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy mezonlari to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 296, 1996-yil 25-dekabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.