Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 23.11.1992 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjat 22.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi ilova qilingan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1971-yil 3-sentabrdagi 432-son qarori (OʻzSSR QT, 1971-yil 9-son, 56-modda) “Oʻzbekiston SSR Narxlar qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1971-yil 6-sentabrdagi 434-son qarori (Oʻz SSR QT, 1971-yil 9-son 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy, monopoliyaga qarshi narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini taʼminlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar boʻyicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va boʻlimlari, davlat sugʻurta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi oʻz tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini toʻgʻridan toʻgʻri yoki oʻzi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadlarda Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini koʻpaytirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini taʼminlashga, respublika iqtisodiyotini sogʻlomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xalq xoʻjaligini, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlashni valyuta bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa meʼyoriy aktlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini taʼminlaydi, qonun loyihalari boʻyicha moliyaviy xulosa beradi va oʻz huquqi doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunchilikni qoʻllanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, oʻz huquq doirasida idoraviy meʼyoriy aktlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi oʻz faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya tizimining, soliq, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablagʻ bilan taʼminlash usullarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sugʻurta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sugʻurta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilik va meʼyoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, soliq, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sugʻurta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
(8-bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablagʻ bilan taʼminlashni va budjet mablagʻlari hisobidan roʻyobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kapital qurilish boshqarmalari va boʻlinmalarining buxgalteriya hisobotlari va balanslarini koʻrib chiqadi, ularning moliyaviy faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha talablar qoʻyadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlarining narx belgilash masalalari boʻyicha monopoliyaga qarshi siyosat va faoliyatini muvofiqlashtiradi; mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning Moliya vazirligiga biriktirilgan nomenklaturasi boʻyicha chegaraviy narxlari va tariflarini tasdiqlaydi; xalq xoʻjaligi tarmoqlarida narxlar va tariflarning toʻgʻri belgilanishi va qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda narxlar ustidan davlat, idoraviy va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish choralarini koʻradi;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni va tovarlar muomalasi sohasini monopoliyadan chiqarish, parallel tuzilmalar tashkil etish ham shu jumlaga kiradi, shuningdek yuqori monopoliyalashgan xoʻjalik subyektlarini ajratish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashgan bozorda xoʻjalik subyektlari tomonidan egalik qiluvchi holatni suiisteʼmol qilishga va gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha MDHga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, erishilgan bitimlarni roʻyobga chiqarish chora-tadbirlarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda tashkiliy tuzilmalarning yangi turlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va ularning faoliyati masalalarini oʻrganadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish chogʻida monopoliyaga qarshi ekspertiza oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz materiallari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamiyatlar va isteʼmolchilar ittifoqlari, boshqa jamoat tashkilotlari va fuqarolarning arizalari, prokuratura, sud va xoʻjalik sudi materiallari asosida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining va narx belgilash tartibining buzilishi hollari boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn birinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning yagona davlat reyestrini yuritadi;
(9-bandning oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqini beruvchi malaka imtihonini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi, shuningdek bu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning malaka sertifikatini beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn yettinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda narxlar darajasi va oʻzgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablagʻlarni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, soʻmning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xoʻjaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan masʼuliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qogʻozlarini roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlaydi va mablagʻ bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablagʻlarini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar, chet davlatlar oʻrtasida tuzilgan bitimlarni mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (toʻlov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini koʻpaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablagʻlaridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasining tashqi qarzi oʻz vaqtida toʻlanishi va tashqi qarz bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga begʻaraz yordam koʻrsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash, Oʻzbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bogʻliq aʼmollarni hisobga olishni va ularni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-bandning 27 xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi boʻyicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi boʻyicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qoʻllash va toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan taʼminlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish boʻyicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat boʻlganda vazirliklar idoralar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugallangan taftish va tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining oʻz vaqtida va diqqat bilan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan maʼlum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni joʻnatish rejalari loyihalarini hamda vazirliklar va idoralar tomonidan metall parchalari va chiqindilar tarzidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni respublika davlat jamgʻarmasiga topshirish rejalarini, Oʻzbekiston Respublikasining oltin zaxirasini shakllantirishda ishtirok etuvchi korxonalar uchun hisob-kitob narxlarini, qimmatbaho metallardan foydalanuvchi korxonalar uchun sotish narxlari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamgʻarmasidan sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning aʼmollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablagʻlarni sarflaganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlashni cheklab qoʻyish, zarur hollarda umuman toʻxtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirishning budjetni ijro etish davomida paydo boʻluvchi ayrim masalalarini hal qilish uchun respublika budjetida zaxira tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari jamgʻarmalarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalari budjeti boʻyicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar uchun qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni olish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni ularning barcha turlari boʻyicha va har qanday maqsadda (eksport ham shu jumlaga kiradi) qazib oluvchi, izlab topuvchi, qayta ishlovchi va ulardan foydalanuvchi istisnosiz barcha korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda taftish va tekshirishlar oʻtkazish, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq metall va toshlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar ana shu metall va toshlardan qanday foydalanayotganliklarini nazorat qilishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qogʻozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni koʻrsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yigʻmajildida hujjatni olganlik toʻgʻrisidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qoʻyilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qoʻyish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning aʼmollari bilan bogʻliq maʼlumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun koʻrilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining oʻzgarishi bilan bogʻliq daromadlar va daromad manbalari boʻyicha viloyatlar boʻyicha oʻzgarishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, tashkilotlariga narx preyskurantlari, monopolistik faoliyat, tariflar, ustamalar va chegirmalar loyihalarini, uslubiy koʻrsatmalar va normativlarni ishlab chiqishni topshirish;
(10-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida narx belgilash masalasida paydo boʻluvchi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalari, tashkilotlari, uyushmalari, konsernlarida ularning mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, narxlar va tariflarning toʻgʻri belgilanganligini va qoʻllanilishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tasdiqlangan iqtisodiy asoslanmagan narxlar va tariflarni bekor qilish, shuningdek ular tomonidan monopoliyaga qarshi faoliyat boʻyicha qabul qilingan qarorlarni, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga yoki belgilangan tartibga zid boʻlsa, bekor qilish;
(10-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlarida litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qaroriga asosan un yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash va ularga rioya qilinishini tekshirish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori asosan hatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi qonunchilik va narx belgilash tartibi buzilgan hollarda xoʻjalik subyektlariga bajarilishi majburiy hisoblangan buzilishlarni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, asossiz olingan daromadni maxsus ochiladigan budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi” schyotiga oʻtkazish, xoʻjalik subyektlarini majburiy tartibda maydalashtirish, ajratish hamda bozorda xoʻjalik subyektlarining ustuvor mavqeyini bartaraf etish bozorda xoʻjalik subyektlarining ustuvor mavqeyini bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek xoʻjalik subyektlariga, boshqaruv organlariga va mansabdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartlarda va miqdorlarda jarimalar solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma bajarilmagan taqdirda tegishli ariza bilan sudga yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilish. Sudning yoki xoʻjalik sudining qarori boʻyicha bozorda egalik qilish mavqeyi yoki gʻirrom raqobat natijasida xoʻjalik subyekti tomonidan olingan daromad hamda unga solingan jarima musodara qilinadi hamda budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi schyotiga oʻtkaziladi;
(10-bandning oxiridan ikkinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan taftish va tekshirishlar natijasida aniqlangan kamomad, oʻgʻrilik, qonunsiz ravishda xarajatlar puli, qoʻshimcha daromadlarning aniqlangan puli, narx intizomini buzish ham shunga kiradi, soʻmlarda va valyuta budjet daromadiga tushishining 15 foizi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING IShINI TAShKIL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi. Oʻrinbosarlar oʻrtasidagi vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri vazirlikka yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga va Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qilish uchun Vazir oʻrinbosarlarining, Vazirlik mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining masʼuliyati darajasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliya vazirligi oʻz huquq doirasida amaldagi qonunchilik aktlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, idoralar, shuningdek, oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar hamda fuqarolar bajarishi majburiy boʻlgan boshqa koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma meʼyoriy aktlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliya vazirligida Vazir (rais) va lavozimi boʻyicha vazir oʻrinbosarlaridan, shuningdek vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi hayʼatining aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya vazirligi hayʼati muntazam oʻtkaziladigan oʻz majlislarida moliyaviy mexanizmni takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etishning, respublika budjeti loyihasi va ijrosini tuzishning asosiy masalalarini hamda Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini, Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy aktlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarori, odatda, Vazirning buyrugʻi bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda Vazir oʻz qarorini hayotga tatbiq etadi, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, oʻz navbatida hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moliya-budjetni rejalashtirish va respublika xalq xoʻjaligini mablagʻ bilan taʼminlash metodikasini, buxgalteriya hisobi va hisoboti, nazorat-taftish ishlari, narx belgilash masalalari metodologiyasini takomillashtirish borasidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun tegishli masalalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalarning xodimlari, boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat metodologik va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kengashlarning tarkibi va ular haqidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi moliya, narx, kredit, pul muomalasi, tovar-pul munosabatlarining butun jami sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasini, sifatini va amaliy ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi, xalq xoʻjaligini boshqarish amaliyotida iqtisodiy vositalar va ragʻbatlarning butun majmuidan samaraliroq foydalanishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy ixtisosdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni, mehnatga haq toʻlash fondi miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari haqidagi nizom Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 4-6-son, 42-modda, 12-son, 111-modda, 21-son, 215-modda; Oʻ 2008-y., 28-son, 270-modda, 37-38-son, 375-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 2010-y., 31-son, 261-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 6-son, 70-modda; 2015-y., 27-son, 355-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)