Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003-yil 17-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003-yil 17-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003-yil 17-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-dekabr,
429-I-son