Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.04.1993 yildagi 187-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZTADBIRKORBANK”NING TAShKIL TOPIShIDA AMALIY YORDAM KOʻRSATISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztadbirkorbank”ning normal faoliyat koʻrsatishi va oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, bankning ustav jamgʻarmasi 4,3 mlrd. soʻmdan iborat deb eʼlon qilingan va Moliya vazirligi — 1,5 mlrd. soʻm, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” — 100 mln soʻm, Shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari uyushmasi — 95 mln. soʻm va 200 ga yaqin qishloq tadbirkorlari — 72 mln. soʻm miqdorida ustav sarmoyasidagi ulushi bilan uning asosiy taʼsischilari etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischilarni qoʻshimcha jalb qilish ishlari davom ettirilsin va bu ishlar joriy yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda tugallansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻztadbirkorbank” ning ustav jamgʻarmasi aksiyalarni tarqatishdan olingan mablagʻlar hisobiga shakllanishini hisobga olib, yaqin vaqt ichida ularni taʼsischilar oʻrtasida joylashtirishga doir barcha ishlar tugallansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻztadbirkorbank”ka dehqon (fermer) xoʻjaliklariga, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga, qishloq xoʻjaligi ijarachilariga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik va xususiy korxonalarga kreditlarni quyidagi foizlarda berish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik, donchilik va chorva ozuqasi
‎yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ‎

‎— 15 foiz;‎
meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi
‎xoʻjaliklarga‎

‎— 20 foiz;‎
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini
‎qayta ishlovchi kichik va xususiy korxonalarga‎

‎— 25 foiz;‎
qishloqdagi boshqa tadbirkorlarga‎ — umumiy tijorat asosida‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻztadbirkorbank” buyurtmanomasiga koʻra oliy oʻquv yurtlarining tegishli mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchilarini bank tizimida ishlash uchun yuborishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” “Oʻztadbirkorbank”ni malakali mutaxassislar bilan toʻldirishda samarali yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaminottuzatish”, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻztadbirkorbank” buyurtmanomasiga koʻra zarur miqdorda asbob-anjomlar, kompyuter texnikasi, transport va aloqa vositalari ajratishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman hokimliklari bir oy muddatda “Oʻztadbirkorbank”ning filiallariga, telefon aloqasi bilan taʼminlagan holda, tegishli xizmat binolari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi “Oʻztadbirkorbank”ka ijaraga berilgan Jukovskiy koʻchasi, 52-uydagi binoni bir oy muddatda uning balansiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-son