Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-dekabr,
426-I-son