Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
472-I-son