Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 15-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 19-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda) 26-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari oʻzining amal qilishini tugatadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda; № 5, 296-modda) 239-moddasi uchinchi qismining 3-bandidagi “yoki ularning rahbarlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5,124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1758-modda bilan toʻldirilsin:
“1758-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chogʻida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari boʻyicha eʼlonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama oʻtkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat koʻrsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar toʻqnashuvi haqida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari boʻyicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1984-modda bilan toʻldirilsin:
“1984-modda. Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik
Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 2156-modda bilan toʻldirilsin:
“2156-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 2274-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 22716-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaxs qonunchilikda belgilangan yigʻimni oʻz ixtiyori bilan bir ish kuni ichida toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismi:
“1757” raqamidan keyin “1758” raqami bilan toʻldirilsin;
“1983” raqamidan keyin “1984” raqami bilan toʻldirilsin;
7) 2452-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 1983 va 1984-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”;
8) 262-moddaning birinchi qismidagi “moddalarida, 2274-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 2641-moddaning birinchi qismidagi “1752-moddasida” degan soʻzlar “1752 va 1758-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 2681-moddaning birinchi qismidagi “2151-moddasida” degan soʻzlar “2151 va 2156-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda) 4-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Fitosanitariya talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Fitosanitariya talablari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi.
Fitosanitariya talablari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda) 8-moddasi birinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi ustidan nazorat qilish”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 302-modda bilan toʻldirilsin:
“302-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlari asosida Senat tomonidan qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi.
Senatning xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga ijro etish uchun yuboriladi”;
2) quyidagi mazmundagi 329 va 3210-moddalar bilan toʻldirilsin:
“329-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish
Senat zarur boʻlgan taqdirda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori oʻz hisoboti eshitilgan shaxsga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
3210-modda. Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish
Senat Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Senatga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni har chorakda yuboradi.
Senat Davlat budjetining har chorakdagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, senatorlarning fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi hamda tegishli qaror qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Senatga taqdim etadi.
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Senatning qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida Senatning qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda Senatning masʼul qoʻmitasi joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Senatning tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Senatning qoʻmitalarida muhokama qilinganidan keyin Senat majlisida koʻrib chiqiladi va Senatning qarori bilan tasdiqlanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda, № 9, 537-modda) 12-moddasining uchinchi qismidagi “sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning:
“respublika budjetiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “respublika budjetiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 16-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 25-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 29-modda birinchi qismining oʻttiz ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 97-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin, xuddi shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda eʼlon qilinadi”;
4) 126-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 167-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 169-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalarida muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalarida koʻrib chiqilganidan keyin tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarning oʻzlariga ajratilgan budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan tasdiqlanganidan keyin hisobot yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-393-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 314-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 5-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalariga doir hisobotlarini eshitish”;
toʻqqizinchi — oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi, Senat Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy Majlis palatalariga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni har chorakda yuboradi.
Qonunchilik palatasi, Senat Davlat budjetining har chorakdagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish chogʻida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning, Senat aʼzolarining fikrlari va takliflari, Oliy Majlis palatalari masʼul qoʻmitalarining tegishli xulosalari eshitiladi, muhokamalar oʻtkaziladi hamda tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga, Senatga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi, Senat Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tegishincha fraksiyalarda, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar, Senat aʼzolari joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot fraksiyalarda, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalarida muhokama qilinganidan keyin Oliy Majlis palatalarining majlislarida koʻrib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining, Senatning qarori bilan tasdiqlanadi”;
3) quyidagi mazmundagi 103-modda bilan toʻldirilsin:
“103-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish
Senat zarur boʻlgan taqdirda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori oʻz hisoboti eshitilgan shaxsga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi”;
4) 241-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oliy Majlis palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 385-modda) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
“271-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari
Mulkdor va (yoki) operator Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishda ularning jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida yigʻilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini taʼminlashi shart”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan”;
2) 9-modda birinchi qismining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar va arizalar boʻyicha”;
3) 10-modda birinchi qismining 102-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“102) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan”;
4) 20-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennoy notarialnoy kontoroy” degan soʻzlar “notariusom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) ilovaning 7-bandi “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisining ruscha matnidagi “i subyektov semeynogo predprinimatelstva bez obrazovaniya yuridicheskogo litsa” degan soʻzlar “subyektov semeynogo predprinimatelstva bez obrazovaniya yuridicheskogo litsa i obyedineniy yuridicheskix lits” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 1-bandi, 6-bandi ikkinchi xatboshisi va 8-bandi hamda 13-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-yanvar,
OʻRQ-666-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)