Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2017 24.05.1993 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2017
Hujjat 16.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TABIATNI MUHOFAZA QILISh JAMGʻARMALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq respublikada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari huzurida tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi huzurida tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamgʻarmalari zararli moddalarning atmosfera havosiga chiqarib tashlanishini, ifloslangan oqova suvlarning suv obyektlariga oqizilishini, tuproqning ifloslanishini kamaytirish, chiqindilarni qisqartirish va ulardan qayta foydalanish, hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlab qolishga qaratilgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha hududiy va tarmoqlararo chora-tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan tabiat muhofazasi chora-tadbirlari (dasturlari)ni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat muhofazasini mahalliy jamgʻarmalar hamda korxona va tashkilotlar (tabiatdan foydalanuvchilar)ning oʻz mablagʻlari hisobidan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini oʻtkazish bilan bartaraf qilinmagan xoʻjalik faoliyatining tabiiy muhitga koʻrsatadigan salbiy taʼsirini yoʻqotish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalarini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi aksionerlik-tijorat dehqonchilik sanoati bankining tegishli boʻlimlarida maxsus budjetdan tashqari schyotlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalari quyidagilar hisobiga tashkil topadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanuvchilardan ifloslantiruvchi moddalarni avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlash bilan (oqova oqizish bilan, chiqindilarni joylash bilan) atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarimalar va mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanuvchilardan tabiiy resurslardan hamda ulardan tayyorlanuvchi xomashyodan meʼyoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanuvchilardan xoʻjalik faoliyati natijasida tabiiy muhitni muhofaza qilish obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzishda aybdor jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy tartibda va sud orqali undiriladigan jarimalar va haqlar “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish fondi haqidagi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasno;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-yanvardagi 17-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalardan, shuningdek, boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tabiat muhofazasi qonunlarini buzganlik uchun va atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash tartibida maʼmuriy va sud orqali chet el valyutasida (rubl kursi boʻyicha) undiriladigan jarimalar va haqlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq undirilmagan jarimalar va haqlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashda ulush qoʻshib qatnashuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarning ixtiyoriy badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan jarimalar, 15 foizgacha boʻlgan miqdordagi summasi yer va suv qonunchiligini, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqidagi qonunlarning buzilganligini aniqlagan davlat nazoratchilari va boshqa shaxslarni mukofotlash uchun ajratilganidan tashqari, Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ahamiyatga ega boʻlgan tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va asosli tuzatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarni hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha boshqa hududiy ishlanmalarni yaratish va amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit ifloslantirilishi sababli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning oʻrnini qoplash yoki oldini olishni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlar koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-himoya va suvni muhofaza qiladigan zonalarni barpo etish va tiklash, kichik daryolar va boshqa suv obyektlarini saqlash va tiklash boʻyicha ishlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qoʻriqxonalari tarmogʻini, milliy bogʻlarni, zakazniklarni, tabiat yodgorliklari hamda alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va obyektlarni saqlash va rivojlantirish boʻyicha tadbirlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati natijasida atrof-muhitga keltiriladigan zararli taʼsirni baholash boʻyicha ishlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashda hissa qoʻshib qatnashish, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega boʻlgan yirik sarmoya talab qiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan olingan bank kreditlarini toʻla yoki qisman toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashda hissa qoʻshib qatnashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy atrof muhitning ifloslanishi natijasida jabr koʻrgan fuqarolarning salomatliklarini tiklash uchun sogʻliqni saqlash obyektlari qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish organlarining oʻz moddiy-texnika negizini rivojlantirish, ekologiya axboroti va nazorat tizimlarini tashkil etish va yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik taʼlim berishni tashkil etish, ekologik bilimlarni targʻib qilish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasini shakllantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishning mahalliy organlari xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlarini majburiy sugʻurta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotgan chogʻlarida ularga tegishli mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalarining mablagʻlari tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalarining Kengashlari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturlarga muvofiq sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalari mablagʻlarining 25 foizi miqdoridagi ajratmalardan, shu jumladan, chet el valyutasi tushumlari hisobidan, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, birgalikdagi ekologik dasturlar va loyihalarni moliyaviy taʼminlashda hissa qoʻshib qatnashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzganlik uchun hamda atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati va uning respublika tashkilotlari davlat nazoratchilari tomonidan aniqlangan zararni, ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq mukofot pulini chiqarib tashlagan holda, qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan, shu jumladan, chet el valyutasida undiriladigan jarimalar va haqlar (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasnodir)dan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya mavzularidagi noshirlik faoliyatidan, ekologik pul-buyum lotereyasi, ekologiya xayriya chora-tadbirlari, konferensiyalar, yarmarkalardan tushadigan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarining ixtiyoriy badallaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan hosil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish hamda ularni takomillashtirishga oid ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlari (shu jumladan, litsenziyalar sotib olish)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish yuzasidan umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-texnika dasturlari, meʼyoriy-uslubiy hujjatlar, respublika andozalari, meʼyorlar hamda qoidalar ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararli taʼsirni baholashga oid ishlarni olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik maʼlumotlar banklari hamda ekologik axborot va nazoratning respublika avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashda hissa qoʻshib qatnashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng koʻlamli va koʻp sarmoya talab qiladigan tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalarning banklardan olgan qarzlarini qisman uzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlar va kompleks sxemalarni ishlab chiqishda hissa qoʻshib qatnashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat quriqxonalari va boshqa alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar hamda obyektlar tashkil etish va ularni obodonlashtirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yuritish faoliyati bilan buzilib ketgan tabiiy obyektlarni tiklash, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va qayta koʻpaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik bilimlarni targʻib qilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tizimi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, koʻrik-tanlovlar, konferensiyalar oʻtkazish, reklama ishlari va noshirlik faoliyatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchi ekologik tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tizimining moddiy-texnika negizini rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi markaziy apparatining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlarini majburiy sugʻurta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularga tegishli boʻlgan mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hissa qoʻshib qatnashish tartibida amalga oshiriladigan, ushbu Nizomning 6-bandida sanab oʻtilgan boshqa tadbirlar hamda tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamgʻarmalariga moliyaviy yordam koʻrsatishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasining mablagʻlari tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi Kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturga muvofiq sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy hamda Respublika jamgʻarmalari mablagʻlarining 15 foizgacha boʻlgan qismi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish jamoalari, fuqarolar, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tizimining xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirish uchun sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasiga rahbarlik qilishni, uning ishini tashkil etishni va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi boshchilik qiladigan jamgʻarma Kengashi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasi Kengashining tarkibiga tabiatni muhofaza qilish organlarining xodimlari, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taniqli olimlar, yirik mutaxassislar va jamoat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish respublika jamgʻarmasi Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari huzurida ham shunga oʻxshash tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalarining kengashlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamgʻarmalari kengashlari jamoatchilik asosida ishlaydilar va jamgʻarma ishining muhim masalalari yuzasidan, jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, tabiat muhofazasi tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashning eng maqbul shakllari va shart-sharoitlarini belgilash yuzasidan kollegial qaror qabul qiladigan organlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmalarning faoliyat koʻrsatishi uchun xodimlar sonini Respublika va mahalliy jamgʻarmalar kengashlari belgilaydigan va shu fondlar mablagʻlari hisobiga saqlanadigan tegishli tarkibiy boʻlinmalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmalarning kengashlari manfaatdor tashkilotlar orasidan tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan aniq tadbirlarni bajarish boʻyicha buyurtmachini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamgʻarmalarining hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablagʻlari olib qoʻyilmay, keyingi yilga oʻtkaziladi va ushbu Nizomda koʻzda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalarining kengashlari jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida yilning har choragida Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijroiya organlariga hisobot topshiradilar, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi esa yiliga bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublika jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot topshiradi.