Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRIShNI DAVOM ETTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1993 YIL 1 MARTDAGI 114-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ulugʻ Vatan urushi mehnat frontida qatnashganlarga, fashistlar konslagerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad shahrida qamalda boʻlganlarga uy-joyni tekin xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar berilsin”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-may,
241-son