Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari A. Umirzakov, Dj. Atodjonov, A. Xamrayev, Sh. Tuxtashev va D. Aripov tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-416-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-417 a-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-426-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 3-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-427-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 4-oktabrda kiritilgan “Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-428-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasini�g Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-430-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Akbarov, J. Pirmatov va U. Samatov tomonidan 2018-yil 14-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-436-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-441-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-442-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 4-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-444-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 4-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-446-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabrʼ,
2224-III-son