28.05.2019 yildagi 2521-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilishi, davlat budjeti daromadlarining samarali shakllantirilishi va xarajatlarining oqilona sarflanishi natijasida iqtisodiyotning yuqori surʼatlar bilan rivojlanishiga erishilib, makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida asosiy eʼtibor budjet xarajatlarining samaradorligini taʼminlash, birinchi darajali toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining belgilangan parametrlar doirasida ijro etilishida muhim omil boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tizimini tubdan isloh qilish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish, narxning belgilanishini liberallashtirish, biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, innovatsion gʻoyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilishi Davlat budjetining mutanosib ijrosini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot (YIM)ning oʻsishi 5,3 foizni tashkil etdi, xususan, xizmatlar koʻrsatish 2,1 foizga, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 1,6 foizga, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari 0,7 foizga hamda qurilish ishlari hajmi 0,3 foizga oʻsishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari 23 trln. 65,9 mlrd. soʻmni tashkil qilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 62,9 foizga oʻsgan hamda belgilangan 21,1 trln. soʻm reja 1,9 trln. soʻmga ortigʻi bilan yoki 109,2 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,2 foizga oshib, eksport hajmi 4,1 mlrd. AQSh dollarni va import hajmi 5,3 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu yilning fevral oyida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba davlat xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorida muomalaga chiqarildi. Shu tariqa Oʻzbekiston dunyo valyuta bozorida jami 1 mlrd. AQSh dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yildan yangi soliq siyosatining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotda tashqi va ichki savdo aylanmasining oʻsishi, valyuta bozori erkinlashuvining jadal davom ettirilishi, kameral nazoratni kuchaytirilishi hisobiga bilvosita soliqlardan tushumlar 10,6 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41,9 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tushumlar miqdori 7 663,2 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 63,3 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining xarajatlari 24,1 trln. soʻmni yoki YIMga nisbatan 26,5 foizni tashkil etgan. Jumladan, tushumlarning bir maromda taʼminlanishi hisobiga budjet tashkilotlarining qariyb 8,5 trln. soʻmlik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hamda 1,8 trln. soʻmdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari oʻz muddatlarida toʻliq moliyalashtirilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolinib, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 13,1 trln. soʻm yoki umumiy xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning 7,4 trln. soʻmi yoki qariyb 61,9 foizi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hisobot davrida Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli foydalanish borasida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi. Chunonchi, davlat moliyaviy nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 1 348 ta budjet tashkilotlarining 1 189 tasida 23 403,9 mln. soʻm miqdorida moliyaviy xatoliklar, jumladan 5 896,2 mln. soʻm miqdorida pul mablagʻlari hamda moddiy boyliklar kamomadi va oʻzlashtirishlar hamda 17 507,8 mln. soʻm miqdorda noqonuniy xarajatlar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashtirishga ajratilayotgan mablagʻlar yildan-yilga koʻpaymoqda. Xususan, sohaga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdori 2,8 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,1 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida ularning ish haqiga 2,2 trln. soʻm ajratilib, jami mablagʻlarning 77,2 foizini tashkil etgan. Bundan tashqari, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun 215,0 mlrd. soʻm, oziq-ovqat xarajatlariga 54,3 mlrd. soʻm, 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni emlash boʻyicha vaksina xarajatlariga 72,1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan oʻtgan davrda hududlarda aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilayotgan budjet mablagʻlari yildan-yilga ortishiga qaramay, hozirda ushbu mablagʻlardan maqsadli foydalanish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish borasida tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishini monitoring qilish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan jami 85 ta tashkilot hamda muassasalarda oʻrganishlar oʻtkazilib, natijada jami 2,3 mlrd. soʻmga teng kamchiliklar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4067-sonli Qarori boʻyicha tibbiyot muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash xarajatlariga ajratilgan 64,0 mlrd. soʻm hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir ustuvor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq ajratilgan 217,7 mlrd. soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarga doir tender savdolari oʻtkazilishi qoidalariga rioya etilmaganligi natijasida ajratilgan budjet mablagʻlari oʻzlashtirilmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ularni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hamda mahalliy budjetlarning erkin qoldiqlari va ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlar ajratish belgilangan. Biroq, chora-tadbirlar rejalarining bajarilish holati monitoring qilinganda, mahalliy budjetlardan berilishi lozim boʻlgan mablagʻlar bugungi kunga qadar ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlardagi oʻrganishlarda ayrim tibbiyot muassasalarida zamonaviy rentgen, flyurografiya va UTT apparatlari mavjud emasligi, tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda yetkazib berilgan yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalarni oʻrnatish va ulardan samarali foydalanish borasida qator muammolar borligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari va qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilish davomida bildirilgan taklif hamda mulohazalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari 23 065,9 mlrd. soʻmni, xarajatlari esa 24 145,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 1 080 mlrd. soʻm yoki YIMga nisbatan 1,1 foiz taqchillik bilan bajarilgani qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yalpi ichki mahsulotning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda samarali investitsiya siyosatini yuritish maqsadida Davlat budjetining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarning xomashyo resurslari va salohiyatidan oqilona foydalanish hisobiga tovarlar hamda xizmatlar eksporti hajmlarini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida maqsadli sarflanishi va natijadorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimida markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarga doir tender savdolari oʻtkazilishi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot sohasiga mahalliy budjetlarning erkin qoldiqlari va ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek qoʻshimcha tushumlardan foydalanishga doir rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili davomida oʻzlashtirilmagan mablagʻlardan kelgusida maqsadli foydalanish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan mablagʻlar hisobidan sotib olinib, tibbiyot muassasalarida oʻrnatilgan yuqori texnologik tibbiyot asbob-uskunalar va jihozlarning foydalanishga topshirilganligini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi kun ehtiyojidan kelib chiqib, shifo-oʻrinlari va shtatlar ajratish normativlarini qayta koʻrib chiqsin va yangi normativlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad soliqlarini yigʻish darajasini oshirishga va ularning toʻliq toʻlanishini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan moliya va soliq organlarining hududiy boʻlinmalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan budjet mablagʻlarining asossiz sarflanishining oldini olish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgan holda budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash orqali mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar tushumining bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi masalalari koʻrib chiqilayotganda soliq imtiyozlarini oqilona qoʻllagan holda soliq tushumi hajmini koʻpaytirish hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha tushumlar hisobiga oʻz tasarrufida qolayotgan mahalliy budjetlar mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishiga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlariga koʻra nazorat-tahlil faoliyati davomida, xususan, budjetlarning ijrosi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilayotganda qonun hujjatlarini yangi talablarga mos tarzda takomillashtirish masalalarini oʻrgansin, ular yuzasidan takliflar hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish natijadorligi va samaradorligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, soliq va moliya organlari rahbarlarining mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga doir qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida koʻrilishini taʼminlasinlar hamda ularda ishtirok etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2521-III-son