Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2006 03.07.1995 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2006
Hujjat 22.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI USTAVINI, “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI XODIMLARI INTIZOMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI ShAXSIY TARKIBINING FORMALI KIYIM-BOShI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-martdagi 53-sonli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Ustavi (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi shaxsiy tarkibining formali kiyim-boshi toʻgʻrisidagi Nizom (3-ilova) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyuldagi 249-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlim. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, keyingi oʻrinlarda matnda “kompaniya” deb nomlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-noyabrdagi PF–982-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl transporti tizimining safdagi temir yoʻl korxonalari va boʻlinmalari, sanoat, qurilish, savdo va taʼminot korxonalari, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, loyiha-konstruktorlik muassasalari, boshqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari negizida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniya isteʼmolchilarga transport temir yoʻl xizmati koʻrsatuvchi yagona ishlab chiqarish-xoʻjalik majmui hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya tarkibiga kompaniyaning boʻlimlari, ularning safdagi korxonalari va tarkibiy boʻlinmalari, davlat va mulkchilikning boshqa shakllaridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan va ega boʻlmagan sanoat, qurilish, savdo va taʼminot birlashmalari hamda korxonalari, sogʻliqni saqlash, maorif, maktabgacha tarbiya, madaniyat va sport, loyiha-qidiruv muassasalari, matbuot va nashriyot organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda matnda korxonalar deb nomlanadi) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya tarkibiga ixtiyoriylik asosida, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻl transporti va temir yoʻl servisini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy yuridik shaxslar ham kirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil va yigʻma balanslarga, bank muassasalarida schyotlarga, shu jumladan, valyuta schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, emblemaga, shuningdek, shtamplarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya davlat temir yoʻl transporti boshqaruvining vakolatli organi hisoblanadi, temir yoʻl transportida tashish jarayoni sohasidagi rahbarlikni va xoʻjalik boshqaruvini amalga oshiradi, davlat nazoratini amalga oshiradi hamda respublika temir yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirishda ular qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, yagona texnik siyosatni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompaniya oʻz majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq undirib olinishi mumkin boʻlgan mulki bilan javob beradi va davlat va uning organlari majburiyatlari, shuningdek, oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, xuddi shu kabi davlat va ushbu korxonalar ham kompaniya majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kompaniya oʻz faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliya faoliyati masalalarini mustaqil hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kompaniya bilan uning tarkibiga kiruvchi korxonalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompaniya yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro va aralash aloqa yoʻllarida tashishni tashkil etishda xorijiy temir yoʻllar oldida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” deb nomlanadigan yuridik shaxs sifatida ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompaniya: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T. Shevchenko koʻchasi, 7-uyda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlim. Kompaniyaning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi va yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi va aholining temir yoʻl transportida, shuningdek, transportning boshqa turlari bilan oʻzaro aloqada tashishlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida, yuqori darajada xizmat koʻrsatib temir yoʻl transportining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash, yetkazib berishning optimal muddatlari va yoʻlovchilar sogʻligi hamda hayotini, shuningdek, tashilayotgan yuklarning saqlanishini taʼminlab isteʼmolchilarga ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo, turistik va shu kabi boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon standartlari darajasida mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash, temir yoʻl transportining raqobatbardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish bozori konyunkturasini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni hisobga olib temir yoʻl transportini rivojlantirishni va joylashtirishni prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻllar tarmogʻi ishining barqarorligini oshirish va oʻtkazish qobiliyatini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllar tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida yagona ilmiy-texnik va investitsiya siyosati oʻtkazilishini, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqish hamda joriy qilishni, temir yoʻl transportini kompleks rivojlantirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy oʻzaro munosabatlar prinsiplarini va ularni kompaniya korxonalari oʻrtasida amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniya oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarning bajarilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashish jarayonlarini boshqarishni tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish jarayonlariga operativ boshqaruv, kompaniya boʻlinmalari bilan birgalikda umuman kompaniya boʻyicha poyezdlar harakati jadvali, harakatdagi sostav ish normalari hamda yuklar va yoʻlovchilar tashish rejasining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishining tashkil etilishini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻllardan texnik foydalanish va tashishlar shart-sharoitlariga oid yagona normativ hujjatlarni, yuk vagonlari va konteynerlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqishni, ulardan foydalanishni tahlil qilish va tuzatishlar kiritishni, yuk vagonlari va konteynerlardan foydalanish ustidan nazoratni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yuklashni boshqarishni va poyezdlar harakati tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispetcherlik xizmatini tashkil etishning, tashishlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning, foydalanish ishini umumiy axborot bilan taʼminlashning yagona prinsiplari ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtisodiyot va moliya sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportini rivojlantirishning davlat va davlatlararo dasturlari loyihalari asosiy, sanoat va pudrat faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy sohada va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarning yillik va istiqbol prognozlarining shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida yuklarni va yoʻlovchilarni tashish sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, kompaniyaning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda yillik va istiqbol prognozlari va istiqbolda temir yoʻl transporti obyektlarini rivojlantirish hamda joylashtirish sxemalari, temir yoʻl transportining oʻtkazish va tashish qobiliyatini oshirishning kompleks tadbirlari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportining budjet va investitsiya mablagʻlari hisobiga barpo etiladigan yangi korxonalari va obyektlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash loyihalari ishlab chiqilishini va ekspertiza qilinishini, pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish sanoati korxonalari faoliyatining muvofiqlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni, yoʻlovchilarni, pochta va bagajni tashish tariflari sohasida kelishilgan siyosatning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, davlatlararo va Hukumatlararo bitimlarga muvofiq oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya korxonalari va xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar amalga oshirilishini, xorijiy temir yoʻllar bilan hisob-kitob qilishni, buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini tashkil qilishni, milliy schyotlar tizimini joriy qilishni, kompaniya korxonalarida nazorat-taftish faoliyatini, hisob-kitob, soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boshqaruvi tasdiqlagan normativlarga muvofiq tashkil etiladigan fondlar va zaxiralarni, shu jumladan, valyuta fondini, shuningdek, temir yoʻl transportini rivojlantirish boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqot dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun fondlarni belgilangan tartibda tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya faoliyatini aks ettiruvchi reklama va boshqa adabiyotlarni nashr qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash shakllari, tizimlari va miqdorlarini, shuningdek, xodimlar boshqa daromadlari turlarini belgilangan tartibda aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlantirish, kompaniya korxonalari xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi besh yillik davr uchun kompaniyaning ish strategiyasini, rivojlantirish dasturini, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari rejasini va tegishli tezkor ishlab chiqarish va moliyaviy maqsadli koʻrsatkichlarni bayon qilib, tijorat faoliyati va bozor munosabatlari tamoyillariga asoslangan tegishli davr prognozini har yili aniqlashtirgan holda besh yillik biznes-reja loyihasini tayyorlash va tasdiqlashni. Besh yillik biznes-rejaga notijorat xizmatlar koʻrsatish, infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda boshqa maqsadlar yuzasidan majburiyatlarni bajarish boʻyicha koʻzda tutilayotgan budjetdan moliyalash kiritiladi.
(“b” kichik band oʻn birinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-iyundagi 240-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnika siyosati sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya korxonalari bilan birgalikda temir yoʻl transportidagi ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni, prinsipial yangi texnika vositalari, texnologiyalar va materiallarni yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarining bajarilishini, bu ishlarni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirishni tashkil qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan, texnika vositalarini ishlatish, ularga qarash va tuzatishni tartibga soluvchi tarmoq normativ-texnik hujjatlar (texnik ishlatish qoidalari, poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnomalar va boshqalar)ni ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni, ilmiy-texnika axborotini standartlash, metrologiya va unifikatsiyalash hamda ilgʻor tajribani yoyish, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlitsenziya faoliyatiga rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moddiy-texnika taʼminoti sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir-yoʻl transportining moddiy-texnika va yonilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni, ularni qondirishni tashkil etishni, shuningdek, aloqador vazirliklar, konsernlar va idoralar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot tarkibida temir yoʻl transporti uchun yetkazib beriladigan mahsulotga buyurtmalarni shakllantirishni, kompaniya korxonalarini markazlashgan holda tartibga solinadigan nomenklaturadagi mahsulot bilan taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar, avariyalar oqibatlarini tugatishga va nazarda tutilmagan boshqa ishlarga moʻljallangan moddiy-texnika resurslari asosiy turlarining zaxiralarini yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro aloqa va hamkorlik boʻyicha ishlarni tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslarni va energiyani tejash ishlarini tashkil etishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti faoliyatini zarur tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ochiq savdolar oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashni.
(“g” kichik band yettinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-iyundagi 240-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy temir yoʻllar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuklarni va yoʻlovchilarni tashish, xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro temir yoʻl tashkilotlarida qatnashish masalalari boʻyicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqishni va tuzishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda xorijiy sheriklar oldida xalqaro transport huquqi subyekti sifatida ish koʻradi. Yoʻlovchilar va tashqi savdo yuklarini tashish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda kompaniya xorijiy temir yoʻllarda oʻz vakolatxonalari yoki vakolatli vakillariga ega boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamdoʻstlik davlatlarining tegishli boshqaruv organlari bilan temir yoʻl transportining ishlashi masalalari boʻyicha bitimlar tuzishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlarining chet elga chiqishlari uchun pasport-viza hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tayyorlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tashqi savdo, kredit, veksel va amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlarni tuzish, kompaniya ehtiyojlarini qondirish uchun eksport-import ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlarini tanlash tizimini, ularning oʻsishi, masʼuliyati, ularni ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish shart-sharoitlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya korxonalarining ehtiyojlari asosida kadrlarning kasb va iqtisodiy oʻqishlari tizimini tashkil qilish, moddiy bazani saqlash va rivojlantirishni taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yurtlarida va ishlab chiqarishda ommaviy kasblar kadrlari va mutaxassislarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malakalarini oshirishni, shuningdek, ularning stajirovkalarini taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari muassasalariga rahbarlikni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida kadrlar siyosatini samarali olib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyezdlar harakati va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kompaniya xodimlari ayrim toifalarining mehnat shart-sharoitlari xususiyatlarini, ish vaqti tartibini va dam olish vaqtini amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilashni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya sanab oʻtilgan funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportidan foydalanish qoidalari talablarining bajarilishi, poyezdlar harakati xavfsizligining holati, temir yoʻl transporti obyektlarining saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, harakat xavfsizligining buzilish sabablarini tahlil qiladi, poyezdlar toʻqnashuvlari, avariyalar, ekologik ofatlarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻradi, xavf yuqori boʻlgan joylarda boʻlish va u erdagi ishlarni bajarish qoidalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni va yuklarni sugʻurta qilish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri, aralash aloqa yoʻllaridagi tashishlarni rivojlantirish, shuningdek, ishlarni transportning boshqa turlari bilan hamjihatlikda olib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning harakatdagi sostavlarini qoʻyish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarida temir yoʻl transporti uchun yetkazib beriladigan temir yoʻl texnikasi va boshqa mahsulotni qabul qilishni (texnik inspeksiyani) belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq temir yoʻlga ajratilgan polosa doirasidagi yerlardan foydalanish, u erga bino va inshootlar qurish tartibini belgilaydi, tegishli qurilish norma va qoidalarini kelishib oladi, temir yoʻllarning truboprovodlar, aloqa, elektr uzatish liniyalari va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishishini, shoxobcha yoʻllarning tutashishini, shuningdek, portlovchi, tez alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va zaharlovchi moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, yuklash, tashish va tushirishga aloqador obyektlarning umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va inshootlardan minimal oraligʻi shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlarining temir yoʻldan texnik foydalanish qoidalarini, temir yoʻl transportidan foydalanish qoidalarini, yuklarni ortish va mustahkamlash texnik shartlarini, boshqa normativ hujjatlarni bilishlarini sinash va tekshirishni oʻtkazish tartibini, umumiy foydalanish yoʻllarida lokomotivni boshqarish huquqi uchun sinovlarni oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini, kompaniyaning va qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalarning lokomotiv mashinistlariga klass darajasini berish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida elektr, issiqlik va issiqlik-energetika qurilmalaridan, shuningdek, bosim bilan ishlovchi sigʻimlardan foydalanish qoidalariga qanday rioya qilinayotganligi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish qoidalari va shartlari, temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish, temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi, tartibni saqlash, yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari masalalari boʻyicha barcha vazirliklar, idoralar, qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar (birlashmalar), tashkilotlar, muassasalarning, shuningdek, fuqarolarning bajarishlari shart boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyezdlar harakati bilan bogʻliq, shuningdek, zararli nomuvofiq mehnat sharoitlari taʼsirida boʻladigan xodimlarni tibbiy-koʻruv va tekshiruvdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini saqlash boʻyicha zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlim. Kompaniyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompaniya oʻzining ustav vazifalari va funksiyalarini bajarish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajariladigan ishlar va xizmatlarning hajmlarini respublika xalq xoʻjaligi va aholisi talablaridan kelib chiqib, davlat buyurtmalari va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar (kontraktlar) asosida mustaqil belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boʻlinmalari chegaralarini oʻzgartirish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kompaniya tarkibiga kiruvchi oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini mustaqil tuzish, shuningdek, mulkchilikning davlat shakliga asoslangan temir yoʻl transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda davlat xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarni, markazlarni, firmalarni, shuʼba korxonalarni, filiallarni, vakolatxonalarni, qoʻshma korxonalarni tashkil etish, turli xil respublika va xalqaro tashkilotlarga hamda birlashmalarga, aksionerlik jamiyatlari va kompaniyalarga kirish, Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham ularning aksiyalari va obligatsiyalarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq, tijorat va investitsiya banklarini belgilangan tartibda tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini va transport xizmatlari koʻrsatish yoki favqulodda funksiyalarni bajarish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa mol-mulklarni xususiylashtirish va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish yuzasidan takliflar kiritish.
(III boʻlim oltinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-iyundagi 240-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlim. Kompaniya faoliyatini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompaniyani boshqarish kompaniya boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya raisi ayni vaqtda boshqaruv raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniya raisi besh nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, ikki nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi. Kompaniya boshqaruvi tarkibining soni — 13 kishidir. Kompaniyaning raisi, uning oʻrinbosarlari va boshqaruv aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya raisi va uning oʻrinbosarlari, kompaniyaning Orol-boʻyi boʻlinmasi boshligʻi, kompaniyaning poyezdlar harakati xavfsizligi boʻyicha bosh taftishchisi lavozimlariga koʻra boshqaruv tarkibiga kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aksionerlik korxonalari faoliyatini boshqarish kompaniyaga berilgan huquqlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqaruv maqomi va ishi kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadigan boshqaruv toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi masalalar kompaniya boshqaruvining mutlaq vakolatiga tegishli boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportini iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya faoliyatining istiqbol va yillik dasturlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportining harakatdagi sostavga, konteynerlarga va ularni sotib olish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek, budjet mablagʻlari hisobidan pul bilan taʼminlanadigan qurilishlar boʻyicha kapital qoʻyilmalar va qurilish-montaj ishlari hajmlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish va boʻlimlar hamda boʻysunuvchi korxonalarni mablagʻ bilan taʼminlash; yuklar, yoʻlovchilar, pochta va bagajlarni tashish tariflarini, shuningdek, manevr ishlari, vagonlar berish va yigʻishtirish, yuklarni, pochta va bagajlarni ortganlik va tushirganlik uchun har turli qoʻshimcha yigʻimlarni, vagonlar va konteynerlardan foydalanganlik stavkalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qoʻyilmalarni, ilmiy tadqiqotlarni mablagʻlar bilan taʼminlash va umumiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa ishlarni bajarish uchun markazlashtirilgan fondlar va zaxiralarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transport ehtiyojlari uchun tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga tarmoq standartlarini va texnik shartlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning boʻlinmalarini, mulkchilikning davlat shakllariga asoslangan birlashmalarni, korxonalarni, muassasalarni, tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ularning vakolatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning davlat mulkini, shuningdek, aksionerlik jamiyatlari faoliyatini boshqarishni Davlat mulki qoʻmitasi bilan tuzilgan boshqarish huquqini beruvchi shartnomalarga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya Ustaviga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning davlat korxonalari va tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatlarining yillik hisobotlari va balanslarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaga yangi qatnashchilarni qabul qilish va qatnashchilarni uning tarkibidan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid masalalarni koʻrib chiqish va takliflarni respublika hukumatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norentabel korxonalar uzoq vaqt zarar koʻrib ishlagan taqdirda ularning keyingi faoliyatining maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning turli xil respublika va xalqaro tashkilotlarga va fondlarga kirishi, shuningdek, ulardan chiqishi haqida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumatiga keyinchalik takliflar kiritish uchun temir yoʻl transporti masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimlari va miqdorlarini tasdiqlash, shuningdek, xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya tuzilmasi va xodimlarining belgilangan soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan markaziy boshqaruv apparatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya raisi boshchilik qiladigan markaziy boshqaruvi apparati foydalanish, ishlab chiqarish-moliya va boshqa faoliyatning boshqaruvning mutlaq vakolatiga kirmaydigan barcha masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika doirasida tashish jarayonlariga rahbarlik qilish va tashish jarayoni sohasida xorijiy temir yoʻllar bilan oʻzaro hamkorlik qilish kompaniya boshqaruvi markaziy apparatining mutlaq vakolatiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kompaniya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya va markaziy boshqaruv apparati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va mazkur Ustav qoidalariga rioya qilinishiga shaxsan javob beradi, rais oʻrinbosarlari va boshqaruv aʼzolari oʻrtasidagi vazifalarni taqsimlaydi, kompaniya faoliyati masalalarini hal etishda ularning vakolatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boshqaruv qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida zarur oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boshqaruvi markaziy apparati tegishli xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ishonchnomasiz kompaniya mablagʻlarini tasarruf qiladi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochadi, kompaniya hisob-kitob hujjatlarini va hisobotlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida davlat organlari hamda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda kompaniya manfaatlarini ifodalaydi, kompaniya nomidan bitimlar, shartnomalar, kontraktlar, boshqa bitimlarni tuzadi, bunday bitimlarni tuzish uchun ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarlar loyihalarini Hukumatning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlari va nizomlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar beradi, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarni chiqaradi; kompaniya raisining qarorlari kompaniyaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari rahbarlari tomonidan qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek, kompaniya Ustaviga va boshqaruv qarorlariga zid holda chiqarilgan buyruqlarni va boshqa xil hujjatlarni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya va uning korxonalarining ishlab chiqarish-moliya faoliyati prognozining asosiy koʻrsatkichlarini, kompaniya markaziy apparati va korxonalar apparatining shtat jadvallarini, kompaniya tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boʻlinmalari boshliqlarini, poyezdlar harakati xavfsizligi boʻyicha kompaniya bosh taftishchisini, “Oʻztemiryoʻluzatishmash” ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimlar nomenklaturasini tasdiqlaydi va unga muvofiq ravishda kompaniya markaziy apparati va davlat korxonalari, tashkilotlari xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, boshqa ishga oʻtkazish, yuborishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini koʻradi. Kompaniya xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansab okladlarini va ularga ustamalarni, shuningdek, apparat xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli xil qoʻshimcha toʻlovlarni va kompensatsiya toʻlovlarini belgilaydi; kompaniya xodimlarini ragʻbatlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning ilgʻor xodimlarini koʻkrakka taqiladigan nishonlar, faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlaydi va ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning alohida toifa xodimlari uchun kiyim-bosh formalari va farqlash belgilarini belgilangan tartibda joriy etadi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining shaxsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda undirilishi umidsiz boʻlgan qarzlarni, maʼnaviy va jismoniy eskirgan davlat mulkini, tegishli boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida toʻxtatib qoʻyilgan yoki amalga oshirilmagan ishlar boʻyicha xarajatlarni kompaniya balansi hisobidan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish haqida qarorlar qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V boʻlim. Kompaniyaning mulki, mablagʻlari va moliyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompaniya mulki asosiy va oborot mablagʻlaridan, shuningdek, qiymati kompaniya balansida aks ettiriladigan boshqa mulk va pul mablagʻlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniya mulki toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan kompaniyaga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya mulki quyidagi manbalar hisobiga tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlning huquqiy vorisi huquqi bilan sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya tomonidan sotib olingan qiymatli qogʻozlardan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksionerlik va mulkchilikning nodavlat shakllari boshqa subyektlari foydasidan dividendlar koʻrinishida olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet va boshqa xil markazlashtirilgan mablagʻlar va qoʻyilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va boshqa kreditorlar kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya oʻz tasarrufida boʻlgan mulk va mablagʻlardan barcha korxonalar manfaatlari yoʻlida foydalanadi, belgilangan tartibda har xil koʻchadigan va koʻchmas mulkni Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham qurishi, rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ijaraga olishi va berishi, qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa ishlarni sodir etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangi temir yoʻl liniyalarini qurish va harakatdagi sostavni sotib olish Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga muvofiq, kompaniya tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asosiy faoliyat balansi boʻyicha kompaniyada qoladigan foyda (daromad) budjetga soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlab boʻlingandan soʻng toʻla ravishda kompaniya ixtiyoriga oʻtadi va u olib qoʻyilishi mumkin emas. Foydadan foydalanish boshqaruv tomonidan koʻrib chiqiladi va kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya va uning tarkibiy boʻlinmalari quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini saqlash va ular roʻyxatga olingan joyda hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof foydadan (soliqlar toʻlangandan keyin) pul mablagʻlarini kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash, ijtimoiy soha xarajatlarini qoplash va mulkni markazlashtirilgan tartibda sotib olish, shuningdek, moliyaviy yordam koʻrsatish va boshqa maqsadlar uchun jamlash va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya boʻlinmalarida tuzatish ishlarini bajarish uchun mablagʻlar zaxirasi tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI boʻlim. Hisobga olish, hisobot va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompaniya oʻz faoliyati natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini yuritadi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda statistika hisobotini amalga oshiradi, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarning faoliyati ustidan nazorat oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar belgilangan tartibda kompaniyaga, soliq, sugʻurta va boshqa davlat organlariga oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatlari natijalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya va uning tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarining mulk va mablagʻlardan foydalanishlarini hamda moliya-xoʻjalik faoliyatlarini nazorat qilish kompaniyaning moliya va taftish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Taftish auditor asosda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII boʻlim. Kompaniya faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya faoliyatini toʻxtatish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyuldagi 249-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlarining intizomi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi (bundan keyin kompaniya deb ataladi) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yagona transport tizimining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklar va yoʻlovchilarni tashish ehtiyojining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli qondirilishi kompaniyaning bir tekis va uzluksiz ishlashiga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashilayotgan yuklar, bagaj, ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishini va shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlash, shuningdek, odamlarning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida ishda yuksak uygʻunlilik va uyushqoqlik, kompaniya boʻlimlari, kompaniya birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oʻz mehnat vazifalari va xizmat burchlarini sidqidildan bajarishlari talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom kompaniya boʻlimlari, birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining barcha xodimlariga, shu jumladan, kompaniya boshqaruvi markaziy apparati xodimlariga joriy etiladi, uy-joy-kommunal xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish, temir yoʻl transportida umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi, tibbiy-sanitariya muassasalari, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, kutubxonalar, metodika kabinetlari, madaniy-maʼrifiy, sport va bolalar muassasalari, pansionatlar va dam olish uylari, profilaktoriylar xodimlari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya xodimlarining intizomi amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga, kompaniyaning buyruqlari (farmoyishlari), qarorlariga, shuningdek, kompaniyaning yoʻriqnomalariga hamda oʻz faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilishdan, oʻzlariga yuklatilgan vazifani vijdonan bajarishdan, oʻz ishiga ongli va ijodiy munosabatda boʻlishdan, ish vaqtidan unumli foydalanishdan, mavjud rezervlarni aniqlash va ulardan foydalanishdan hamda kamchiliklarni bartaraf etishdan, shuningdek, rahbarlarning buyruqlari va farmoyishlarini aniq va oʻz vaqtida bajarishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya xodimlari oʻz mehnat (lavozim) funksiyalari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, yuklar va yoʻlovchilarning oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash, poyezdlar harakati jadvaliga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning texnik vositalari (lokomotivlar, vagonlar, pul, signalizatsiya vositalari, aloqa va elektr taʼminoti hamda boshqalar)ni, shuningdek, asbob-uskunalar, materiallarni va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki obyektlarini saqlash, tashilayotgan yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishini taʼminlash, ular oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi va buzilishining oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiatni va atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarga va temir yoʻl transporti xizmatidan foydalanuvchi boshqa shaxslarga madaniy xizmat koʻrsatishni taʼminlagan holda gʻamxoʻrlik koʻrsatish va ularga nisbatan eʼtiborli boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan yuklatilgan lavozim vazifalarini va mazkur Nizom talablarini bilish va ularni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompaniyaning va uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari quyidagilarga amal qilishga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga boʻysunuvchilar ishini toʻgʻri tashkil etish, buyruqlar va koʻrsatmalarni aniq berish hamda ularning aniq va oʻz vaqtida bajarilishini tekshirish, poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini tashkil etish masalalariga birinchi darajali ahamiyat berish, mehnatning va boshqaruvning ilmiy tashkil etilishi joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tejamkorlik rejimiga rioya etilishini taʼminlash, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, tashilayotgan yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishi, ular yoʻqolishi, buzilishi va oʻgʻirlanishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, har bir oʻgʻirlik fakti toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlariga oʻz vaqtida maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar oʻrtasida mehnat va texnologiya intizomiga rioya etilishini taʼminlash, odamlarga, ularning ehtiyojlari va talablariga nisbatan sezgir boʻlish, xizmatda oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomni buzuvchilarni qattiq jazolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat burchi bajarilishiga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlish, shuningdek, xizmatda va undan tashqarida oʻzini munosib tutish namunasini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga bevosita boʻysunuvchi xodimlarning lavozim vazifalarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga boʻysunuvchilarni mazkur Nizom bilan ularning vazifalari doirasi boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar, buyruqlar bilan imzo qoʻydirib tanishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat yuzasidan boʻysunuvchi ishga doir har qanday koʻrsatmani oʻzining bevosita rahbaridan oladi. Xodim yuqori turgan rahbardan koʻrsatma olgan taqdirda bu haqda bevosita rahbarni xabardor qilgan holda bu koʻrsatmani bajarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Temir yoʻl stansiyasi boshligʻi kompaniyaning stansiya hududida ishlayotgan boshqa xizmatlarining barcha xodimlariga, ularning boʻysunushidan qatʼi nazar, stansiya ishi xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha shoshilinch farmoyish berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Rahbariyat tarkibiga kiruvchi xodimlar hamda yoʻlovchilarga, yuk joʻnatuvchilarga va yuk oluvchilarga, poyezdlar harakati va manyovr ishlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xodimlar mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida, agar ular uchun maxsus ishda qiyiladigan kiyim-bosh belgilanmagan boʻlsa, forma boʻyicha kiyingan boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ragʻbatlantirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xodimlar mehnat majburiyatlari namunali bajarilganligi, ish sifati yaxshilanganligi, mehnat unumdorligi oshirilganligi, novatorlik, tashabbuskorlik koʻrsatilganligi, harakat xavfsizligi taʼminlanganligi, tashilayotgan yuklar va bagaj saqlanganligi, ishonib topshirilgan mol-mulkka ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlinganligi, uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlaganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kompaniya xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirishlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahmatnoma eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho sovgʻa bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy yorliq bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy temir yoʻlchi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi kasb egasi unvonini berish yoki ishdagi muvaffaqiyatlari uchun boshqa unvonlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollektiv shartnomada yoki bitimda nazarda tutilgan ragʻbatlantirishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ragʻbatlantirishning bir necha turi bir yoʻla qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar mehnatdagi alohida xizmatlari uchun belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ragʻbatlantirishlarni qoʻllash tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Faxriy temir yoʻlchi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash kompaniya raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rahmatnoma eʼlon qilish huquqiga har bir rahbar ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mukofot berish, qimmatbaho sovgʻa berish, Faxriy yorliq bilan taqdirlash ishga qabul qilish va zarur mablagʻlarni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) eng yaxshi kasb egasi unvonini va Ishdagi muvaffaqiyatlari uchun boshqa unvonlarni berish kompaniya Oʻzbekiston temir yoʻl transporti xodimlari va transport quruvchilari kasaba uyushmalari markaziy qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlagan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuqori turgan rahbar xodimlarni ragʻbatlantirishning quyi rahbarga tegishli boʻlgan huquqidan toʻliq hajmda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ragʻbatlantirish kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan buyruqda eʼlon qilinadi va mehnat daftarchasiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Intizomiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Temir yoʻl transporti xodimi tomonidan mehnat vazifalarini bajarish chogʻida tartib-intizomning aybli buzilishi intizomiy nojoʻya harakat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Intizomiy jazo ushbu xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan rahbar tomonidan, shuningdek, uning ana shunday huquqqa ega boʻlgan yuqori turgan rahbari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli rahbarlar hozir boʻlmaganlari taqdirda intizomiy jazolar ularning vazifalarini rasmiy ravishda bajaruvchi mansabdor shaxslar tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya raisining oʻrinbosarlari xoʻjalikning oʻzlariga qarashli korxonalari, muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari xodimlariga hayfsan koʻrinishida intizomiy jazo berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya boʻlimlari boshliqlari, kompaniya korxonalari, muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari rahbarlari yuqori organ tomonidan lavozimga tayinlanadigan oʻzlariga boʻysunuvchi xodimlarga ham hayfsan koʻrinishida intizomiy jazo berish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech bir intizomiy nojoʻya harakat rahbarning tegishli ravishda taʼsir koʻrsatishisiz qolmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga berilgan intizomiy huquqdan foydalanmagan yoki uni oshirib yuborgan rahbar buning uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har bir intizomiy nojoʻya harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo xodimning yoʻlovchilar tashish yoki yuk poyezdlarida yoʻlda boʻlgan vaqtini, bemor boʻlgan, taʼtilda boʻlgan vaqtini, shuningdek, xodim tomonidan jamlashtirilgan dam olish kunlari vaqtini hisobga olmagan holda nojoʻya harakat aniqlangan kundan boshlab bir oydan kech boʻlmagan muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar surishtiruv yoki dastlabki tergov organlariga berilgan taqdirda intizomiy jazo ish qoʻzgʻatish rad etilgan yoki toʻxtatilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda intizomiy jazo nojoʻya harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oydan keyin, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish natijalari boʻyicha esa — ikki yildan keyin berilishi mumkin emas. Ishni jinoiy tartibda koʻrish vaqti ushbu muddatga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rahbar jazo berilgunga qadar yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishining sabablari va vazifalarini har tomonlama va xolis shaxsan oʻzi tekshirib chiqishi, ushbu qoida buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxsdan oldindan yozma tushuntirish talab qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirish berishni rad etish aybdorni intizomiy javobgarlikdan ozod qilmaydi hamda uch kishining imzosi qoʻyilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo turini belgilashda rahbar ushbu nojoʻya harakatning xususiyatini, yetkazgan zararini, ushbu harakat sodir etilgan holatni, shuningdek, nojoʻya harakatni sodir etgan shaxsning ilgarigi ishini eʼtiborga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo berishda rahbar xizmat axloq-odobi qoidalariga rioya qilishi va oʻziga boʻysunuvchining qadr-qimmati pastga urilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mehnat intizomi buzilganligi uchun aybdor xodimga intizomiy jazoning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrtacha oylik ish haqining yigirma foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzrli sabablarsiz progul qilganlik, ishga mast holda, narkotik yoki zaharli moddalar isteʼmol qilib gangigan holda kelganlik uchun xodimga oʻrtacha ish haqining qirq foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mashinistni yordamchilikka yoki chilangarlikka, haydovchi va mashinist yordamchisini esa transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan ishga oʻtkazgan holda mashinistni lokomotiv (motor-vagonli harakatdagi sostav)ni boshqarish huquqidan; eyilmaydigan tipdagi motorli-relsli transport haydovchi guvohnomasidan, lokomotiv (motor-vagonli harakatdagi sostav) mashinisti yordamchisini esa — mashinist yordamchisi guvohnomasidan bir yilgacha boʻlgan muddatga mahrum etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jazo taqiqlovchi signallardan oʻtib ketganlik (oqibatlaridan qatʼi nazar), shuningdek, ishga mast holda, narkotik yoki zaharli moddalar isteʼmol qilib gangigan holda kelganlik uchun qoʻllaniladi hamda faqat kompaniya raisi yoki kompaniya boʻlimi boshligʻi tomonidan eʼlon qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) poyezdlar harakati, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish yoki tashilayotgan yuklar va bagajning saqlanishi taʼminlanishi bilan bogʻliq boʻlmagan ishga kasb (mutaxassislik)ni hisobga olgan xolda bir yilgacha muddatga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻldan foydalanish ishi bilan yoki poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashilayotgan yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqa ish bilan bogʻliq boʻlgan egallab turgan lavozimidan kasb (mutaxassislik) hisobga olingan holda ish berilgan holda ishdan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddat cheklanmagan holda egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar doirasiga kompaniyaning ekspluatatsiya ishi bilan, shuningdek, harakat xavfsizligini va tashilayotgan yuklar saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqa ish bilan bogʻliq boʻlgan lavozimlarni egallab turgan rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar tegishli boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xodim tomonidan tartib-intizomning poyezdlar harakati, manyovr ishlari xavfsizligiga, odamlar hayoti va salomatligiga xavf solgan yoki yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanmasligiga olib kelgan holda bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun ishdan boʻshatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezdlar harakatiga, odamlar hayoti va salomatligiga xavf soluvchi tartib-intizomning qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati va kasaba uyushmasi bilan kelishmagan holda ishdan boʻshatiladigan xodimlar toifasi Oʻzbekiston temir yoʻl transporti xodimlari va transport quruvchilari kasaba uyushmalari markaziy qoʻmitasi bilan kelishgan holda kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartib-intizomning qoʻpol ravishda buzilishlari Roʻyxatiga muvofiq xodimni ishdan boʻshatish kompaniya raisi yoki kompaniya boʻlimi boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” va “v” kichik bandlarda nazarda tutilgan jazolar tartib-intizomning poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va salomatligiga xavf soluvchi tarzda buzilganligi yoki yoʻlovchilar tashish va ularga xizmat koʻrsatishning, yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishining belgilangan qoidalari buzilganligi uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo berish tartibida tibbiy xulosaga muvofiq xodimni salomatligining ahvoliga koʻra uning ishlashi mumkin boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Intizomiy jazo xodim imzo chekib tanishtirilishi kerak boʻlgan buyruqda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim imzo chekishni rad etgan taqdirda dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Intizomiy javobgarlikka tortish tartibi buzilishi buyruqning oʻz yuridik kuchini yoʻqotishiga va bekor qilinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va salomatligiga xavf soluvchi nojoʻya harakat sodir etgan xodim mana shu ish kuni (smena)da ushbu uchastkada farmoyish beruvchi yoki nazorat-inspektorlik funksiyalarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan bu haqda tegishli rahbariyatga darhol maʼlum qilingan holda ishdan chetlatiladi. Bildirishnomada ishdan chetlatishga olib kelgan sabablar va holatlar batafsil bayon qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning yetarli asoslarsiz ishdan chetlatilishi aybdor mansabdor shaxsning belgilangan tartibda javobgarligiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Intizomiy jazo qoʻllanilishi nojoʻya harakatni sodir etgan shaxsni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo belgilangan tartibda mukofotlardan toʻliq yoki qisman mahrum qilish hamda amaldagi qonun hujjatlarida, kollektiv shartnomada (bitimda) va Ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan qoʻshib qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim intizomiy nojoʻya harakat sodir etilgan yoki intizomiy jazo berish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan davr (oy, yil choragi) uchun mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofotdan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo amalda boʻlgan muddat davomida xodimga nisbatan ragʻbatlantirishning bir yoʻla (bir marta) beriladigan chora-tadbirlari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuqori turuvchi rahbar unga berilgan vakolatlar doirasida quyi rahbar tomonidan berilgan intizomiy jazoni, basharti bunday qarorga kelish uchun yetarli asosni topsa, bekor qilish, yengillashtirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti jazo qoʻllanilishining qonuniyligi va asoslanganligi aybdor xodimning murojaat qilganligi munosabati bilan koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, intizomiy jazo kuchaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Basharti intizomiy jazo berilgan kundan boshlab bir yil davomida xodimga yangi intizomiy jazo berilmasa, unday holda unga intizomiy jazo berilmagan sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo, basharti intizomiy jazo berilgan xodim yangi nojoʻya harakat sodir etmasa va oʻzini vijdonli xodim sifatida koʻrsatgan boʻlsa, bevosita rahbarning iltimosnomasiga koʻra intizomiy jazoni qoʻllagan mansabdor shaxsning oʻz tashabbusi bilan bir yil toʻlgunga qadar olib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xodim oʻziga intizomiy jazo berilganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan imzo chekib tanishgan kundan boshlab bir oy davomida bunday buyruq ustidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat qilish xodimga intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi buyruqning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xodim poyezdlar harakati va manyovr ishlari bilan bogʻliq ishga tiklanishdan oldin belgilangan sinovdan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim bu sinovdan ikki marta oʻta olmagan taqdirda oʻzining roziligi bilan boshqa ishga oʻtkaziladi, boshqa ishga oʻtishni rad etgan taqdirda esa amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishdan boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar poyezdlar harakati va manyovr ishlari bilan bogʻliq boʻlgan ishdagi tanaffus uch oydan oshmasa sinov oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Intizomiy jazolar berish masalalari boʻyicha xodimlarning mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va tuman (shahar) sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga mazkur Nizomning 18-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda berilgan intizomiy jazo ustidan bevosita tuman (shahar) sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyundagi 249-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi shaxsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining shaxsiy tarkibi oʻzining maxsus formadagi kundalik kiyimiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniyaning formali kiyim-bosh olish va kiyib yurish, farqlovchi belgilar taqish huquqiga ega boʻlgan xodimlarining lavozimlari roʻyxati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniyaning formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqiga ega boʻlgan barcha xodimlari uchun ularni sotib olishda formali kiyimlar qiymatining 50 foizi miqdorida chegirish belgilanadi. Chegirishlar bilan bogʻliq xarajatlar mahsulotlar, ishlar va xizmatlar tannarxi hisobiga oʻtkaziladi. Kompaniya xodimlariga formali kiyim qiymatini uni kiyib yurish muddati davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqori va katta boshliqlar tarkibining formali kiyimi uchun toʻq koʻk va och kulrang ranglar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibining kiyimi uchun toʻq koʻk rang belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Formali kiyim komplektiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori va katta boshliqlar tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, issiq tutuvchi ikki qavat qistirmali, ikki yonida oʻyiq choʻntakli, orqa bogʻichli, ikki yoqlama (tugmasi har ikki tomonga ham taqiladigan) palto;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, ikki yoqlama, toʻq koʻk rangli kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, bir yoqlama och kulrang kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, ochiq qaytarma yoqali, qoʻshib tikilgan yengli, ikki yonida oʻyiq, listochkali choʻntagi boʻlgan bir yoqlama, toʻq koʻk rangli plash. Polochkalari va orqa yelkasida toʻgʻri shaklli qirqma koketkalari boʻladi. Orqa yelkasi shlitsali boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, issiq tutuvchi ikki qavat qistirmali, ikki yonida oʻyiq choʻntakli, orqa bogʻichli, ikki yoqlama palto;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, bir yoqlama kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, ochiq qaytarma yoqali, qoʻshib tikilgan yengli, ikki yonida oʻyiq listochkali choʻntagi boʻlgan, bir yoqlama plash (faqat oʻrta boshliqlar tarkibi uchun). Polochkali va orqa yelkasida toʻgʻri shaklli qirqma koketkalari, orqa yelkasi shlitsali boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: ayollar uchun kostyumlarda bir tomonlama orqa burmali toʻgʻri yubka boʻlishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl transporti xodimlarining butun shaxsiy tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshib tikilgan yoqachali, tugmalarida ilgagi boʻlgan bluza-koʻylak, bluzaning pastki qismi belbogʻ bilan tugaydi. Qaytarma yoqali, manjetli yengi boʻlgan ayollar bluzkasi. Ayollar bluza-koʻylagi va bluzkalar kulrang, havorang, oq rangli boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tepa qismi kostyumga mos gazlamadan iborat, kizagi qora furajka. Soyaboni qora, loklangan. Furajka kizagining ustki qismida va furajkaning tepasida yashil rangli hoshiya boʻladi, Lokomotiv mashinisti furajkasi kizagining ustki chetiga, jiyak pastiga zar uqa osiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kostyumning rangidagi jun beret (bosh kiyim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori boshliqlar tarkibi uchun — kulrang qorakoʻldan, katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — qora qorakoʻldan va xodimlarning boshqa toifalari uchun — qora rangli echki moʻynasidan yoki sunʼiy moʻynadan tikilgan telpak. Telpakning ustki qismi koʻk rangli movutdan tikiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning barcha toifalari uchun qora rangli poyabzal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kostyumning rangiga mos koʻk yoki kulrang tusdagi sidirgʻa rangli galstuk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yopishtirib tikilgan zarrin uqalar va yengga tikilgan shu rangdagi ramzlar, kumushrang yulduz (yulduzchalar) va tikma belgilar boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Engga tikilgan belgilar yenglarning sirtqi tomoniga, pastki chetlariga parallel holda joylashtiriladi. Engining pastki cheti bilan zar uqaning pastki cheti oʻrtasidagi masofa 90 millimetrni, zar uqaning uzunligi 110 millimetrni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuqori boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar quyidagicha koʻrinishda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eni 60 mm boʻlgan zar uqaning yuqori va pastki qismi yashil jiyak bilan hoshiyalangan boʻladi. Zar uqaning oʻq chizigʻi boʻylab 20 mm kattalikda kumushrang yulduzchalar tikiladi. Yuqorigi burchakdagi zar uqa tepasiga kostyumga mos gazlamadan, parallel tomonlar oʻrtasida 40 mm kattalikda, oltinsimon rangdagi ip bilan hoshiyalangan toʻgʻri oltiyoqli belgi joylashtiriladi. Oltiyoqli belgi ichiga 30 mm kattalikdagi texnik belgi tikib qoʻyiladi. Oltiyoqli yengga, zar uqaning koʻndalang oʻq chizigʻi boʻylab, zar uqadan belgining markazigacha 40 mm masofaga tikib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqori rahbarlar tarkibi pidjagining yoqasida yashil rangli jiyak boʻladi va unga dafna daraxti yaprogʻi koʻrinishidagi oltinsimon rangdagi ip tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompaniyaning katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar quyidagi koʻrinishda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta boshliqlar tarkibi uchun — kostyum yenglariga uzunligi 6 mm boʻlgan ikkita zar uqa yopishtirib tikiladi, zar uqalar oʻrtasida 4 mm kattalikdagi yashil rangli uzunasiga tortilgan chiziqli eni 30 millimetrli bitta zar uqa joylashgan boʻladi. Keng zar uqa boʻylab, oʻq chizigʻi boʻyicha kumush rangli, 20 mm kattalikda bittadan toʻrttagacha metall yulduzchalar mahkamlanadi yoki qadaladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — yenglarga uzunligi 15 mm, orasi 4 mm boʻlgan yashil rangdagi uzunasiga tortilgan chiziqli ikkita zar uqa yopishtirib tikiladi. Uzunasiga tortilgan chiziq boʻylab 20 mm kattalikda bittadan toʻrttagacha kumush rangli metall yulduzchalar mahkamlanadi yoki qadaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta va oʻrta boshliqlar tarkibi kostyumining yengiga yopishtirib tikilgan qoplamalarning ustki burchagiga, kostyumga mos rangda, parallel tomonlar oʻrtasida 35 mm kattalikda, yashil rangli ip bilan hoshiyalangan toʻgʻri oltiyoqli belgi joylashtiriladi. Oltiyoqli belgi ichiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi. Oltiyoqli belgi yengga, qoplamaning koʻndalang oʻq chizigʻi boʻylab, qoplamaning yuqori qismidan oltiyoqli belgining markazigacha boʻlgan 40 mm masofaga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun kostyumning rangiga mos gazlamadan eni 65 mm va boʻyi asosidan tepasigacha 90—100 mm kattalikda tikilgan beshyoqli belgi farqlovchi belgilar hisoblanadi, Beshyoqli belgining yuqori qismi yumaloqlangan boʻladi. Beshyoqli belgida yuqori va yoy tomonlardan 5 mm masofada yashil rangli jiyak boʻladi. Beshyoqli belgining markaziy qismida dafna daraxti barglari chambaragidan iborat 25 mm kattalikdagi texnik belgi hamda chambarakning yuqori qismida 45 mm kattalikda temir yoʻl transporti ramzi boʻladi. Chambarakning pastki qismida “OʻTY” yozuvli lenta tasvirlanadi. Texnik belgi, chambarak, ramz va yozuvli lenta sariq rangda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik boshliqlar tarkibi kostyumidagi beshyoqli belgining pastki tomonlariga parallel ravishda ulardan va jiyakdan 5 mm masofada eni 12 mm boʻlgan yashil rangli yoʻl-yoʻl chiziq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — palto, pidjak va nimchaning oʻng yengiga uning yuqori nuqtasidan beshyoqli belgining yumaloqlangan tomonigacha 120 mm masofada farqlovchi belgilar yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — pidjakning yoqasiga kostyumning rangiga mos gazlamadan 60X30 mm kattalikda belgilar (petlitsalar) tikiladi, belgilarda oltinsimon rangda kant boʻladi. Katta boshliqlar tarkibi petlitsalariga 20X4 mm kattalikda, oltinsimon rangli, toʻgʻri burchakli ikkita, oʻrta boshliqlar tarkibidagilarnikiga — bitta metall mahkamlanadi. Toʻgʻri burchakli metall petlitsa koʻndalang oʻqning toʻgʻri burchagiga mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — petlitsalarning yuqori qismiga 20 mm kattalikda, oltinsimon rangli metall texnik belgi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Temir yoʻl transportining ramzi qanotlari boʻlgan ellipssimon gʻildirakdan iborat boʻladi. Pidjak va nimchalardagi ramzlarda gʻildirak diametri — 20X12 mm, ramzning uzunligi — 70 mm boʻladi. Yuqori va oddiy xodimlar tarkibi uchun ramz oltinsimon rangli metalldan boʻladi. Ramz pidjak, nimchaning oʻng tomoniga, koʻkrakka taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh kiyimga taqiladigan nishon (kokarda) eni 25 mm va balandligi 30 mm boʻlgan, ichi toʻk yashil rangli, oltinsimon hoshiyalangan ellipsdan iborat boʻladi, ichida oltinsimon rangdagi texnik belgi tasvirlanadi. Nishon oltinsimon rangdagi dafna daraxti bargidan iborat chambarak metalldan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaning yuqori boshliqlari tarkibi uchun chambarak tikiladi, katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun chambarak metalldan tayyorlanadi. Furajkaning tepa qismidagi chambarak ustiga gʻildiragi — 20X12 mm va uzunligi — 60 mm kattalikdagi temir yoʻl transporti ramzi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yozgi vaqtda koʻylak va bluzkadagi farqlovchi belgilar — asosining eni 55 mm va tepasining eni 45 mm, uzunligi 130—140 mm boʻlgan va ustki uchi yumaloqlangan, toʻrt burchak koʻrinishdagi, yelkaga taqiladigan belgilardan iborat boʻladi. Toʻrt burchak belgi kul rang ipak (viskoza) zar uqadan yoki gazlamadan tayyorlanadi, Yuqori boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchakli belgining atrofida oltinsimon rangli jiyak boʻladi, katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar uchun — belgilarda jiyak boʻlmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrt burchakli belgi ichiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori boshliqlar tarkibi uchun — yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan yulduzchalar tikiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchak asosiga, toʻrt burchakning markaziy oʻqi boʻyicha joylashgan va uning asosiga yoʻnaltirilgan, burchak koʻrinishidagi, eni 6 millimetrdan boʻlgan ikkita zar uqa tikiladi. Zar oʻqalar oraligʻi 2 mm boʻladi. Toʻrt burchak ichiga, zar uqa yuqorisiga yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan metall yulduzchalar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — katta boshliqlar tarkibi uchun belgilangan bitta zar uqa tikiladi. Ichiga, zar uqa yuqorisiga yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan metall yulduzchalar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchakning pastki qismiga, toʻrt burchakning markaziy chizigʻi boʻyicha joylashgan va uning asosiga yoʻnaltirilgan, burchak koʻrinishidagi, eni 12 mm boʻlgan, yashil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tikiladi. Toʻrt burchakning yuqori qismiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy xodimlar tarkibi uchun — toʻrt burchakning yuqori qismiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elkadagi belgilarda yulduzlar (yulduzchalar) oltinsimon rangda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elkadagi belgilar koʻylakka, bluzkaga diametri 15 mm boʻlgan, oltinsimon rangli tugma bilan mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuqori, katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — furajka soyaboni tepasiga oltinsimon rangli toʻqima ip, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidagilarnikiga loklangan qora tasmacha mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Barcha toifadagi xodimlarning tugmalari oltinsimon rangli boʻladi. Yuqori rahbarlar tarkibi uchun — tugmalarda Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasvirlanadi, xodimlarning boshqa toifalari uchun texnik belgi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining shaxsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh berish normalari va kiyish muddatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyumlarning nomi‎

Oʻlchov birligi‎

Soni‎

Kiyish muddati (yil)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

1. Yuqori rahbarlar tarkibi uchun‎
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

4‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Och kulrang jun gazlamadan tikilgan kostyum

komplekt‎‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan plash‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
2. Katta boshliqlar tarkibi uchun
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Och kulrang jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
Oʻrta boshliqlar tarkibi uchun
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan plash‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun‎
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangl� poyabzal‎
Galstuk‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kiyish muddati koʻrsatilmagan formali kiyim-boshlar kompaniyaning shaxsiy tarkibi tomonidan savdo shoxobchasidan naqd pulga sotib olinadi.