Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2006 03.07.1995 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2006
Hujjat 02.05.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI USTAVINI, “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI XODIMLARI INTIZOMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI ShAXSIY TARKIBINING FORMALI KIYIM-BOShI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-martdagi 53-sonli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi shaxsiy tarkibining formali kiyim-boshi toʻgʻrisidagi Nizom (3-ilova) tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-maydagi 151-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 67-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-maydagi 151-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-maydagi 151-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 67-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyundagi 249-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi shaxsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining shaxsiy tarkibi oʻzining maxsus formadagi kundalik kiyimiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniyaning formali kiyim-bosh olish va kiyib yurish, farqlovchi belgilar taqish huquqiga ega boʻlgan xodimlarining lavozimlari roʻyxati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniyaning formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqiga ega boʻlgan barcha xodimlari uchun ularni sotib olishda formali kiyimlar qiymatining 50 foizi miqdorida chegirish belgilanadi. Chegirishlar bilan bogʻliq xarajatlar mahsulotlar, ishlar va xizmatlar tannarxi hisobiga oʻtkaziladi. Kompaniya xodimlariga formali kiyim qiymatini uni kiyib yurish muddati davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqori va katta boshliqlar tarkibining formali kiyimi uchun toʻq koʻk va och kulrang ranglar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibining kiyimi uchun toʻq koʻk rang belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Formali kiyim komplektiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori va katta boshliqlar tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, issiq tutuvchi ikki qavat qistirmali, ikki yonida oʻyiq choʻntakli, orqa bogʻichli, ikki yoqlama (tugmasi har ikki tomonga ham taqiladigan) palto;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, ikki yoqlama, toʻq koʻk rangli kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, bir yoqlama och kulrang kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, ochiq qaytarma yoqali, qoʻshib tikilgan yengli, ikki yonida oʻyiq, listochkali choʻntagi boʻlgan bir yoqlama, toʻq koʻk rangli plash. Polochkalari va orqa yelkasida toʻgʻri shaklli qirqma koketkalari boʻladi. Orqa yelkasi shlitsali boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, issiq tutuvchi ikki qavat qistirmali, ikki yonida oʻyiq choʻntakli, orqa bogʻichli, ikki yoqlama palto;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qaytarma yoqali, ikki yonida oʻyiq va bitta koʻkrak choʻntakli, bir yoqlama kostyum-pidjak. Pochasi manjetsiz shimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
astarli, ochiq qaytarma yoqali, qoʻshib tikilgan yengli, ikki yonida oʻyiq listochkali choʻntagi boʻlgan, bir yoqlama plash (faqat oʻrta boshliqlar tarkibi uchun). Polochkali va orqa yelkasida toʻgʻri shaklli qirqma koketkalari, orqa yelkasi shlitsali boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: ayollar uchun kostyumlarda bir tomonlama orqa burmali toʻgʻri yubka boʻlishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl transporti xodimlarining butun shaxsiy tarkibi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshib tikilgan yoqachali, tugmalarida ilgagi boʻlgan bluza-koʻylak, bluzaning pastki qismi belbogʻ bilan tugaydi. Qaytarma yoqali, manjetli yengi boʻlgan ayollar bluzkasi. Ayollar bluza-koʻylagi va bluzkalar kulrang, havorang, oq rangli boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tepa qismi kostyumga mos gazlamadan iborat, kizagi qora furajka. Soyaboni qora, loklangan. Furajka kizagining ustki qismida va furajkaning tepasida yashil rangli hoshiya boʻladi, Lokomotiv mashinisti furajkasi kizagining ustki chetiga, jiyak pastiga zar uqa osiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kostyumning rangidagi jun beret (bosh kiyim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori boshliqlar tarkibi uchun — kulrang qorakoʻldan, katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — qora qorakoʻldan va xodimlarning boshqa toifalari uchun — qora rangli echki moʻynasidan yoki sunʼiy moʻynadan tikilgan telpak. Telpakning ustki qismi koʻk rangli movutdan tikiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning barcha toifalari uchun qora rangli poyabzal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kostyumning rangiga mos koʻk yoki kulrang tusdagi sidirgʻa rangli galstuk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yopishtirib tikilgan zarrin uqalar va yengga tikilgan shu rangdagi ramzlar, kumushrang yulduz (yulduzchalar) va tikma belgilar boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Engga tikilgan belgilar yenglarning sirtqi tomoniga, pastki chetlariga parallel holda joylashtiriladi. Engining pastki cheti bilan zar uqaning pastki cheti oʻrtasidagi masofa 90 millimetrni, zar uqaning uzunligi 110 millimetrni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuqori boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar quyidagicha koʻrinishda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eni 60 mm boʻlgan zar uqaning yuqori va pastki qismi yashil jiyak bilan hoshiyalangan boʻladi. Zar uqaning oʻq chizigʻi boʻylab 20 mm kattalikda kumushrang yulduzchalar tikiladi. Yuqorigi burchakdagi zar uqa tepasiga kostyumga mos gazlamadan, parallel tomonlar oʻrtasida 40 mm kattalikda, oltinsimon rangdagi ip bilan hoshiyalangan toʻgʻri oltiyoqli belgi joylashtiriladi. Oltiyoqli belgi ichiga 30 mm kattalikdagi texnik belgi tikib qoʻyiladi. Oltiyoqli yengga, zar uqaning koʻndalang oʻq chizigʻi boʻylab, zar uqadan belgining markazigacha 40 mm masofaga tikib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqori rahbarlar tarkibi pidjagining yoqasida yashil rangli jiyak boʻladi va unga dafna daraxti yaprogʻi koʻrinishidagi oltinsimon rangdagi ip tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompaniyaning katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun farqlovchi belgilar quyidagi koʻrinishda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta boshliqlar tarkibi uchun — kostyum yenglariga uzunligi 6 mm boʻlgan ikkita zar uqa yopishtirib tikiladi, zar uqalar oʻrtasida 4 mm kattalikdagi yashil rangli uzunasiga tortilgan chiziqli eni 30 millimetrli bitta zar uqa joylashgan boʻladi. Keng zar uqa boʻylab, oʻq chizigʻi boʻyicha kumush rangli, 20 mm kattalikda bittadan toʻrttagacha metall yulduzchalar mahkamlanadi yoki qadaladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — yenglarga uzunligi 15 mm, orasi 4 mm boʻlgan yashil rangdagi uzunasiga tortilgan chiziqli ikkita zar uqa yopishtirib tikiladi. Uzunasiga tortilgan chiziq boʻylab 20 mm kattalikda bittadan toʻrttagacha kumush rangli metall yulduzchalar mahkamlanadi yoki qadaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta va oʻrta boshliqlar tarkibi kostyumining yengiga yopishtirib tikilgan qoplamalarning ustki burchagiga, kostyumga mos rangda, parallel tomonlar oʻrtasida 35 mm kattalikda, yashil rangli ip bilan hoshiyalangan toʻgʻri oltiyoqli belgi joylashtiriladi. Oltiyoqli belgi ichiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi. Oltiyoqli belgi yengga, qoplamaning koʻndalang oʻq chizigʻi boʻylab, qoplamaning yuqori qismidan oltiyoqli belgining markazigacha boʻlgan 40 mm masofaga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun kostyumning rangiga mos gazlamadan eni 65 mm va boʻyi asosidan tepasigacha 90—100 mm kattalikda tikilgan beshyoqli belgi farqlovchi belgilar hisoblanadi, Beshyoqli belgining yuqori qismi yumaloqlangan boʻladi. Beshyoqli belgida yuqori va yoy tomonlardan 5 mm masofada yashil rangli jiyak boʻladi. Beshyoqli belgining markaziy qismida dafna daraxti barglari chambaragidan iborat 25 mm kattalikdagi texnik belgi hamda chambarakning yuqori qismida 45 mm kattalikda temir yoʻl transporti ramzi boʻladi. Chambarakning pastki qismida “OʻTY” yozuvli lenta tasvirlanadi. Texnik belgi, chambarak, ramz va yozuvli lenta sariq rangda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik boshliqlar tarkibi kostyumidagi beshyoqli belgining pastki tomonlariga parallel ravishda ulardan va jiyakdan 5 mm masofada eni 12 mm boʻlgan yashil rangli yoʻl-yoʻl chiziq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — palto, pidjak va nimchaning oʻng yengiga uning yuqori nuqtasidan beshyoqli belgining yumaloqlangan tomonigacha 120 mm masofada farqlovchi belgilar yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — pidjakning yoqasiga kostyumning rangiga mos gazlamadan 60X30 mm kattalikda belgilar (petlitsalar) tikiladi, belgilarda oltinsimon rangda kant boʻladi. Katta boshliqlar tarkibi petlitsalariga 20X4 mm kattalikda, oltinsimon rangli, toʻgʻri burchakli ikkita, oʻrta boshliqlar tarkibidagilarnikiga — bitta metall mahkamlanadi. Toʻgʻri burchakli metall petlitsa koʻndalang oʻqning toʻgʻri burchagiga mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun — petlitsalarning yuqori qismiga 20 mm kattalikda, oltinsimon rangli metall texnik belgi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Temir yoʻl transportining ramzi qanotlari boʻlgan ellipssimon gʻildirakdan iborat boʻladi. Pidjak va nimchalardagi ramzlarda gʻildirak diametri — 20X12 mm, ramzning uzunligi — 70 mm boʻladi. Yuqori va oddiy xodimlar tarkibi uchun ramz oltinsimon rangli metalldan boʻladi. Ramz pidjak, nimchaning oʻng tomoniga, koʻkrakka taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh kiyimga taqiladigan nishon (kokarda) eni 25 mm va balandligi 30 mm boʻlgan, ichi toʻk yashil rangli, oltinsimon hoshiyalangan ellipsdan iborat boʻladi, ichida oltinsimon rangdagi texnik belgi tasvirlanadi. Nishon oltinsimon rangdagi dafna daraxti bargidan iborat chambarak metalldan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaning yuqori boshliqlari tarkibi uchun chambarak tikiladi, katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun chambarak metalldan tayyorlanadi. Furajkaning tepa qismidagi chambarak ustiga gʻildiragi — 20X12 mm va uzunligi — 60 mm kattalikdagi temir yoʻl transporti ramzi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yozgi vaqtda koʻylak va bluzkadagi farqlovchi belgilar — asosining eni 55 mm va tepasining eni 45 mm, uzunligi 130—140 mm boʻlgan va ustki uchi yumaloqlangan, toʻrt burchak koʻrinishdagi, yelkaga taqiladigan belgilardan iborat boʻladi. Toʻrt burchak belgi kul rang ipak (viskoza) zar uqadan yoki gazlamadan tayyorlanadi, Yuqori boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchakli belgining atrofida oltinsimon rangli jiyak boʻladi, katta, oʻrta, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar uchun — belgilarda jiyak boʻlmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrt burchakli belgi ichiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori boshliqlar tarkibi uchun — yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan yulduzchalar tikiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchak asosiga, toʻrt burchakning markaziy oʻqi boʻyicha joylashgan va uning asosiga yoʻnaltirilgan, burchak koʻrinishidagi, eni 6 millimetrdan boʻlgan ikkita zar uqa tikiladi. Zar oʻqalar oraligʻi 2 mm boʻladi. Toʻrt burchak ichiga, zar uqa yuqorisiga yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan metall yulduzchalar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — katta boshliqlar tarkibi uchun belgilangan bitta zar uqa tikiladi. Ichiga, zar uqa yuqorisiga yengga qoʻyiladigan belgilar uchun belgilangan metall yulduzchalar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik boshliqlar tarkibi uchun — toʻrt burchakning pastki qismiga, toʻrt burchakning markaziy chizigʻi boʻyicha joylashgan va uning asosiga yoʻnaltirilgan, burchak koʻrinishidagi, eni 12 mm boʻlgan, yashil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tikiladi. Toʻrt burchakning yuqori qismiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy xodimlar tarkibi uchun — toʻrt burchakning yuqori qismiga 20 mm kattalikdagi metall texnik belgi mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elkadagi belgilarda yulduzlar (yulduzchalar) oltinsimon rangda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elkadagi belgilar koʻylakka, bluzkaga diametri 15 mm boʻlgan, oltinsimon rangli tugma bilan mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuqori, katta va oʻrta boshliqlar tarkibi uchun — furajka soyaboni tepasiga oltinsimon rangli toʻqima ip, kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidagilarnikiga loklangan qora tasmacha mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Barcha toifadagi xodimlarning tugmalari oltinsimon rangli boʻladi. Yuqori rahbarlar tarkibi uchun — tugmalarda Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasvirlanadi, xodimlarning boshqa toifalari uchun texnik belgi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining shaxsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh berish normalari va kiyish muddatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyumlarning nomi‎

Oʻlchov birligi‎

Soni‎

Kiyish muddati (yil)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

1. Yuqori rahbarlar tarkibi uchun‎
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

4‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Och kulrang jun gazlamadan tikilgan kostyum

komplekt‎‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan plash‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
2. Katta boshliqlar tarkibi uchun
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Och kulrang jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
Oʻrta boshliqlar tarkibi uchun
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Toʻq koʻk rangli yarim jun gazlamadan tikilgan plash‎

dona‎

1‎

3‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangli poyabzal‎
Galstuk‎
Kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi uchun‎
Toʻq koʻk rangli qalin movutdan tikilgan palto‎

dona‎

1‎

3‎

Toʻq koʻk rangli jun gazlamadan tikilgan kostyum‎

komplekt‎

1‎

2‎

Furajka‎
Telpak‎
Bluzka-koʻylak‎
Qora rangl� poyabzal‎
Galstuk‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kiyish muddati koʻrsatilmagan formali kiyim-boshlar kompaniyaning shaxsiy tarkibi tomonidan savdo shoxobchasidan naqd pulga sotib olinadi.