Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI, KORPORATSIYALARI, KONSERNLARI, UYuShMALARI VA BIRLAShMALARINING IShChILAR TAʼMINOTI BOShQARMALARI HAMDA BOʻLIMLARINI XUSUSIYLAShTIRISh VA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilayotgan, tovar resurslarini markazlashgan holda taqsimlash toʻliq bekor qilingan, isteʼmol bozorini tovar bilan toʻldirish jiddiy yaxshilangan sharoitda tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalar tarkibida savdo tashkilotlari hamda korxonalari mavjud boʻlishiga ehtiyoj qolmadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, vazirliklar va idoralar ishchilar taʼminoti boshqarmalari hamda boʻlimlari savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻz tarkibida ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlariga ega boʻlgan respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, birlashmalari:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlari savdo korxonalarining toʻliq roʻyxatini va ularni 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsinlar;
savdo korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilishiga koʻra ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlarini ortiqcha boshqaruv boʻgʻini sifatida toʻliq tugatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (Gʻafurov) vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tarmoq va hududiy dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, bunda ularda ishchilar taʼminoti boshqarmalari hamda boʻlimlari savdo korxonalarini qayta oʻzgartirishning aniq shakllarini nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.3. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 30-iyun,
247-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)