Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi QL-492-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda kiritilgan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi QL-492-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi QL-492-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasining matni muhokama qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-may,
2488-III-son