08.01.2021 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
1-ILOVA

Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning

MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reglamentning asosiy maqsadi maʼlum bir hududning yer osti suvlari holati yuzasidan gidrogeologik xulosalar berish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, berilgan gidrogeologik xulosalar hisobini yuritish hamda tegishlicha suvga quduq burgʻilash jarayoniga metodik jihatdan koʻrsatmalar berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa axborot hujjati boʻlib, suvga quduq burgʻilash loyihalarini tuzish uchun asos hisoblanadi. Burgʻilash loyihalarini tuzish belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalarining talablariga asosan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gidrogeologik xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya korxonalari) tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gidrogeologik xulosa hududning geologik-gidrogeologik va suv xoʻjaligi sharoitlari oʻzgarishini inobatga olgan holda, ikki yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Gidrogeologik xulosa berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchilar gidrogeologik xulosa olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizada keltirilgan barcha soʻrov savollariga maʼlumotlar toʻliq toʻldirilgan boʻlishi shart. Maʼlumotlarning toʻgʻriligi va koʻrsatilgan hududning aniqligiga qarab gidrogeologik xulosa aniq bir maydon uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gidrogeologik xulosani berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida yigim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq gidrogeologiya korxonalarining bank hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi ochilgan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq gidrogeologiya korxonalarining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan yigʻimning 90 foizi miqdori toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchilar tomonidan ariza maʼlumotlarining koʻrsatilgan hududning yoki tegishlicha quduq geografik joyining toʻliq boʻlmagan, notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan hajmda taqdim etilganligi hamda davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

15.Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchilar tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqada gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda gidrogeologiya korxonalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Gidrogeologiya korxonalari ariza tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari holatini va tegishlicha quduq burgʻilashning maqsadga muvofiqligini (yer osti suvlari zaxiralarining mavjudligi, suv chiqarish imkoniyati, sifat koʻrsatkichlari kabilar) dastlabki koʻrib chiqadi va gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPga maʼlumot yuboradi. Arizani qabul qilish rad etilganda, undirilgan yigʻim ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali toʻliq qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus dala gidrogeologik tadqiqot ishlari va fond maʼlumotlarini oʻrganish natijasida koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari mavjud (yetarli) emasligi aniqlansa, hududni suv bilan taʼminlashning boshqa manbalari tavsiya etilgan holda (mavjud boʻlgan hollarda) gidrogeologik xulosa tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gidrogeologik xulosa elektron shaklda matn koʻrinishida jadvallar, xaritalar va chizmalar kabi qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirilgan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosani tayyorlash va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali yuborish jami sakkiz ish kunidan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Gidrogeologiya korxonalari gidrogeologik xulosaning titul varagʻiga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyib, gidrogeologik xulosaning qolgan qismlarini elektron shaklda biriktirish orqali oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat xizmatlari markazi gidrogeologik xulosa kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatlari markazlari va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Gidrogeologik xulosa olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Zarur boʻlganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Ariza shaklini toʻldirib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalariga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan

keyin 10 daqiqada

Aniq vaqt rejimida

Gidrogeologiya korxonalari

Arizani dastlabki koʻrib chiqadi va gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etish boʻyicha Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali maʼlumot yuboradi.

1 kun

3-bosqich

Gidrogeologiya korxonalari

Gidrogeologik xulosani tayyorlaydi, titul varagʻiga QR-kodni qoʻyadi, xulosaning qolgan qismlarini elektron shaklda biriktirish orqali elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

8 kun

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

1. Gidrogeologik xulosani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda gidrogeologik xulosani elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

1. 10 daqiqada

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

______________________

____________________

sana

raqam

Gidrogeologik xulosa olish uchun

ARIZA

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: (yuridik shaxslar uchun)

F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Koʻrsatilgan hududning aniq joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy):

4. Tegishlicha loyihalanayotgan quduqning geografik joylashish koordinatalari:

shimoliy kenglik:

sharqiy uzunlik:

5. Yer osti suvini olishdan maqsad: (kerakli qatorga belgi qoʻyiladi)

xoʻjalik-ichimlik

ishlab chiqarish-texnik (sanoat)

qishloq xoʻjaligi (sugʻorish)

zax qochirish (drenaj)

davolash-balneologik

6. Yer osti suviga boʻlgan talab hajmi (m3/kun):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI
____________________________________________________________________________________________ (gidrogeologiya korxonasining nomi)

‎‎GIDROGEOLOGIK XULOSA

‎‎seriya

‎‎raqam

‎‎Ushbu gidrogeologik xulosa ___________________________________________________________________ ga

‎‎(jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi)

‎___‎_____________________________________________________________________________
‎(koʻrsatilgan hududning joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/koʻcha)
‎‎________________________________________________________________________________
da joylashgan
‎__________________________________________________________________________________ maqsadlarda

berildi.
‎‎Gidrogeologik xulosaning amal qilish muddati 20____ yil “_____” ______________ gacha.
‎‎20____ yil “_____” ______________

‎‎‎QR kod

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma oluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma beruvchi — yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga buyurtma beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentning asosiy maqsadi yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, burgʻi quduqlari hisobini yuritish, yer osti suvlariga noqonuniy quduqlarni burgʻilash faoliyatini nazorat qilish hamda yer osti suvlari, birinchi navbatda, chuchuk yer osti suvlari zaxiralarini muhofaza qilishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali har bir burgʻi qudugʻi uchun alohida beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun va sutkasiga koʻpi bilan 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olishga moʻljallanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimdagi gidrogeologiya korxonalari (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya korxonalari) uchun har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash ishlari amalga oshirilganda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgandan boshqa har qanday holatlarda ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsatnomaning amal qilish muddati burgʻilash ishlarini bajarish davriga, lekin ikki yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.

2-bob. Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga tegishli boʻlgan burgʻilash uskunasining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot (uskuna texnik pasporti yoki uni ijaraga olganligi toʻgʻrisida shartnoma nusxasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki Mobil-ID tizimi orqali tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)

11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

12. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun undirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:

20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;

0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq ruxsatnoma beruvchi vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq ruxsatnoma beruvchi vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)

13. Yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan yigʻimning 90 foizi miqdori toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi, ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi, ruxsatnoma berish talablari va shartlarining buzilishi hamda davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ariza beruvchi tomonidan burgʻilangan quduqning texnik pasporti taqdim etilmasligi navbatdagi ruxsatnomani berishni rad etishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan ariza tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar ilova qilingan holda, avtomatik tarzda Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat geologiya qoʻmitasi ariza ilovalar bilan birgalikda tushgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer osti suvlariga quduq burgʻilashning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gidrogeologiya korxonalari ikki ish kuni mobaynida tanlangan yer maydoni va taklif etilgan quduq konstruksiyasini oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijasida tegishli maʼlumot tayyorlab, Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat geologiya qoʻmitasi gidrogeologiya korxonalari tomonidan tegishli maʼlumot asosida bir ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, ruxsatnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyib rasmiylashtiradi va oʻz ERI bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ruxsatnoma berish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan tegishli bildirishnoma ilova qilinadi.

Ariza beruvchi oʻn ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Davlat geologiya qoʻmitasi takroran koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)

22. Ruxsatnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va ushbu Reglamentning 3-bobiga muvofiq talab va shartlarga amal qilinishi haqida ariza beruvchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.

3-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari

23. Ruxsatnoma olgan ariza beruvchi ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash texnologiyasi va loyiha parametrlariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlariga quduq burgʻilashda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quduqda suv chiqarish tugallangandan soʻng yer osti suvlarining talab etiladigan sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quduqni sanitariya-muhofaza zonasini oʻrnatish uchun jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
burgʻilash ishlari yakunlangandan soʻng Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali burgʻi qudugʻini hisobga qoʻyish uchun texnik pasportni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash ishlari yakunlangandan soʻng bir oy muddatda ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha burgʻi qudugʻining texnik pasportini tayyorlashi hamda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali quduqni hisobga qoʻyish uchun texnik pasportni taqdim etishi shart. Texnik pasportda yer osti suvlari haqida maʼlumot, quduqning konstruksiyasi va qirqimning geologik-gidrogeologik tavsifi batafsil va toʻliq yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi buyurtma beruvchi bilan tuzilgan shartnomada burgʻilash ishlari mobaynida yoki burgʻilash tugallangandan soʻng bajarilmagan qoʻshimcha tadqiqot ishlari (tajriba sinov ishlari, geofizik karotaj, suvning laboratoriya tahlili kabilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirib oʻtishi zarur. Xoʻjalik-ichimlik maqsadlari uchun yer osti suvlariga quduq burgʻilangandan soʻng tajriba-sinov va laboratoriya tahlili ishlarini oʻtkazish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan shaklga mos kelmaydigan texnik pasportning qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Burgʻi qudugʻining texnik pasportini roʻyxatga olish boʻyicha koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya stansiyalari) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etilgan texnik pasportni ikki ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quduqqa tartib raqamini berib, uni hisobga oladi va oʻz ERI bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga bevosita yoki YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quduqqa tartib raqam berilishida quduqning egasi suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi sifatida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma olishi shartligi boʻyicha tavsiyalar qoʻshimcha qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik pasport “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ruxsatnoma olgan ariza beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 24-bandida belgilangan muddatda texnik pasport topshirilmagan taqdirda, gidrogeologiya stansiyalari Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga ruxsatnoma berish talab va shartlarining bajarilmaganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik pasportni Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga topshirish orqali quduqni roʻyxatga qoʻymaslik, yer osti suvlari kamayishi va ifloslanishining oldini olish maqsadida quduqning tugatilishiga yoki yopilishiga (tamponajlashga) asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda burgʻilangan quduqni tugatish yoki tamponajlash ruxsatnoma olgan ariza beruvchi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish

29. Ruxsatnoma oluvchi — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganda, ruxsatnoma oluvchi yoki uning vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun yigim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ruxsatnoma ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ruxsatnoma olinmay burgʻilangan quduqlarni hisobga olish yoki tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ruxsatnoma olinmay burgʻilangan quduqlarni hisobga olish yoki tugatishning maqsadga muvofiqligi gidrogeologiya stansiyalari tomonidan qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish natijalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quduq burgʻilashning texnik talablari boʻyicha burgʻilangan quduqlarni hisobga olishning maqsadga muvofiqligi aniqlanganda mazkur Reglamentning 24, 25 va 26-bandlarida keltirilgan ishlar amalga oshiriladi. Texnik talablarga rioya qilinmay burgʻilangan quduqlarni tugatishning maqsadga muvofiqligi aniqlanganda, ular gidrogeologiya stansiyalarining tavsiyalari asosida quduq egasining mablagʻlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (egasiz quduqlar uchun) mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga yaroqli egasiz quduqlar Davlat geologiya qoʻmitasi boshchiligida ekologiya organlari, suv, qishloq xoʻjaligi, mahalliy hokimlik va boshqa tegishli soha vakillaridan iborat ishchi guruh qarori asosida yangi suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ruxsatnoma olmasdan burgʻilangan quduqlar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi davlat nazoratini yuritadi va yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni va ularning muhofaza etilishini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat xizmatlari markazi va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1 -bosqich

Ariza beruvchi

Yer osti suvlariga quduq burgʻilashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

1. Davlat xizmatlari markazi

Ariza shaklini toʻldirib, Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradi.

1. 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Aniq vaqt rejimida

2-bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi

Suvga quduq burgʻilashning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va gidrogeologiya korxonalariga yuboradi.

2 kun

Gidrogeologiya korxonalari

Tanlangan yer maydonini va taklif �tilgan quduq konstruksiyasini oʻrganib chiqadi, oʻrganish natijasida tegishli maʼlumot tayyorlaydi va Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi.

2 kun

Davlat geologiya qoʻmitasi

Tayyorlangan maʼlumot asosida suvga quduq bu�gʻilash uchun ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

1 kun

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

1. 10 daqiqada

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oʻrnatilgan shakl boʻyicha burgʻi qudugʻining texnik pasportini tayyorlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali quduqni hisobga qoʻyish uchun texnik pasportni taqdim etadi.

Burgʻilash ishlari yakuni bilan bir oy muddatda

Gidrogeologiya stansiyalari

Texnik pasportni koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quduqqa tartib raqamini berib, uni hisobga oladi va oʻz elektron raqamli imzosi bilan Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

2 kun

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Texnik pasportni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda, texnik pasportni elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

1. 10 daqiqada

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________

_________________

sana

raqam

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga ruxsatnoma olish uchun

ARIZA

Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi

2. Tashkiliy-huquqiy shakli

3. Yuridik shaxsning nomi, STIRi, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami

4. Tegishli mutaxassisining (gidrogeolog) F.I.O., diplom seriyasi raqami va sanasi

5. Yer osti suvlariga quduq burgʻulanishi loyihalanayotgan maydon manzili (viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul, koʻcha kabilar)

6. Yer osti suvlariga quduq burgʻulanishi loyihalanayotgan maydon boʻyicha ilgari olingan gidrogeologik xulosaning seriyasi va raqami

7. Yer OSTI suvini olishdan maqsad: (kerakli qatorga belgi qoʻyiladi)

xoʻjalik-ichimlik

ishlab chiqarish-texnik (sanoat)

qishloq xoʻjaligi (sugʻorish)

zax qochirish (drenaj)

davolash-balneologik

8. Yer osti suvga boʻlgan talab hajmi (m3/kun):

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

Yer osti suvlariga quduq burgʻilash uchun
‎‎‎RUXSATNOMA

‎‎seriya

‎‎raqam

1. Ushbu ruxsatnoma_________________________________________________________________________ ga

‎‎(jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi)

‎___‎_____________________________________________________________________________
(loyiha qudugʼining joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/koʻcha)_________________________________________________________________________________ da joylashgan
‎_______________________________________________________________________________________uchun

(suvga quduq burgʻilashga buyurtma beruvchi yoki suvdan foydalanuvchi nomi)

‎‎______________________________________________________ maqsadlarda yer osti suvlariga quduq burgʻiilash

‎‎(suvdan foydalanish maqsadlari)

‎‎uchun berildi.
2. Quduqning parametrlari:

‎boshlangʻich diametri ________________ mm;

‎boshqa diametrga oʻtish chuqurligi __________ m;

‎yakunlovchi diametr ______________ mm;

‎chuqurligi ______ m.

‎3. Yer osti suvlaridan _________________ m3/kun miqdorida olish uchun moʻljallangan.
‎‎20____ yil “_____” ______________

‎‎‎QR kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(yer osti suvlariga quduq burgʻilashga buyurtma bergan yuridik yoki jismoniy shaxs)

‎________________________________________________________________________________
‎ (burgʻilanadigan quduqning joylashgan joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, qishloq, koʻcha, uy)

‎________________________________________________________________________________

‎hududda yer osti suvlariga burgʻilangan _________________________________________-son burgʻi qudugʻining

‎TEXNIK PASPORTI

________________________________________
‎(yer osti suvlariga quduq burgʻilashga
‎ruxsatnoma olgan yuridik shaxs nomi)

‎‎____________
‎(imzo)

‎‎_______________________
‎(F.I.O.)

‎‎M.Oʻ.

‎‎________________________________________
‎(gidrogeologiya stansiyasi nomi)

‎‎____________ ‎(imzo) ‎‎

‎‎_______________________ ‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎M.Oʻ.

‎‎
‎20______ yil

‎1. Umumiy maʼlumotlar

‎1.1. Quduq joylashgan joy: _____________________________________________________________________‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎1.‎‎2. Quduq joylashishining geografik koordinatlari (daraja, min., sek.):
‎‎Shimoliy kenglik:____________________________________
‎Sharqiy uzunlik: ____________________________________
‎‎1.3. Burgʻilash buyurtmachisining nomi: ____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎1.4. Suvdan foydalanuvchining nomi: _____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎1.5. Yer osti suvlarini olishdan maqsad: ___________________________________________________________
‎1.6. Ruxsatnomalarning raqami va berilgan vaqti:
‎‎suvga quduq burgʻilashga _______________________________________
‎yer osti suvlaridan maxsus foydalanishga _____________________________
‎‎1.7. Yer osti suvga boʻlgan talab hajmi, m3/sut: _______________________________________________________
‎1.8. Burgʻilash tashkilotining nomi: ______________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎1.9. Burgʻilash turi va burgʻilash uskunasining turi: _________________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎1.10. Burgʻilash ishlarini oʻtkazish sanasi: _________________________________________________________

‎‎
‎2. Burgʻilash ishlarining natijalari

‎‎2.1. Quduq kesimining litologik tuzilishi haqidagi qisqacha maʼlumotlar:
‎___________________________________________________________________________________________‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎
‎‎2.2. Quduq burgʻilandi: d ______ mm, ______________ m oraliqlarda
‎d ______ mm, ______________ m oraliqlarda
‎d ______ mm, _________________ m.
‎‎2.3. Quduq obsadka quvurlari bilan mahkamlandi:
‎‎d ______ mm, ______________ m oraliqlarda
‎d ______ mm, ______________ m oraliqlarda
‎d ______ mm, _________________ m
‎‎2.4. Filtr _________________ turda, d _________ mm _______________ m oraliqda oʻrnatilgan
‎2.5. Sementatsiyalash oraligʻi _________________ m.

‎3. Suvni chiqarib olish sinovi haqidagi maʼlumotlar

‎‎‎3.1. Kompressor yoki nasos turi _________________________________________________________________

‎‎‎3.2. Suv koʻtaruvchi quvurning diametri va tushirish chuqurligi (agar chuqurdagi nasos boʻlsa, turini koʻrsatish, yuklanish chuqurliklari _______________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎3.3. Quduqdagi suvning statistik sathlari:
‎‎chiqarilgungacha _______________m;
‎chiqarilgandan keyin _______________ m.
‎‎3.4. Chiqarish natijalari:
‎‎suvning sarflanishi Q ___________ l/s, oʻzi oqib chiqishida uning chiqarilgandan keyingi sarflanishini koʻrsatish ________________________ l/s;
‎suv sathining pasayishi: S ______________ m;
‎solishtirma debit: Q/ S __________a/s.
‎‎3.5. Quduqqa suv koʻtaruvchi uskunani oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar (nasos turi, markasi va yuklanish chuqurliklari ___________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎3.6. Quduqning buyurtmachiga va / yoki suvdan foydalanuvchiga topshirishdagi holati
‎_______________________________________________________________________________

‎‎
‎4. Suvning sifati haqida maʼlumot

‎‎4.1. Suvning tahlilini oʻtkazuvchi laboratoriya _____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎4.2. Tahlil turlari va oʻtkazish sanasi ____________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎‎4.3. Tahlilning asosiy natijalari: ‎‎‎‎Minerallashuvi ____________ mg/l;
‎Umumiy qattiqligi _______ mg ekv/l;
‎rN _________
‎Tuzli tarkib formulasi_______________

‎‎‎5. Quduqning texnik pasportiga ilovalar

‎‎5.1. Quduqning texnik pasportiga quyidagi maʼlumotlar ilova qilingan:

‎‎
‎Quduqning joylashish sxemasi

‎‎‎

‎‎Quduq konstruksiyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Masshtab 1:1000

Geologik indeksi

Qatlam raqami

Jinslarning litologik tavsifi

Burgʻilanishi boʻyicha jinslarning toifasi

Qatlam tag qismining joylashish chuqurligi, m

Qatlam qalinligi, m

Quduqning geologik kesimi va konstruksiyasi

Burgʻilash diametri (mm) va zaboy (m)

Quvur obsadkasi diametri (mm) va uzunligi (m)

Yer osti suvlarining statik sathi, m

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Laboratoriyada oʻtkazilgan suvning kimyoviy tahlil natijalari

T/r

Koʻrsatkichlari

mg/l

mg*ekv/l

%

1.

Quruq qoldiq

-

-

2.

Umumiy qattiqlik

-

-

3.

pH

-

-

4.

Natriy + kaliy

Na+K

5.

Ammiak

NH4

6.

Kalsiy

Ca

7.

Magniy

Mg

8.

Xloridlar

CI

9.

Sulfatlar

SO4

10.

Nitratlar

NO3

11.

Karbonatlar

CO3

12.

Gidrokarbonatlar

HCO4

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining koʻtarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya korxonalari) tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi” yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi”;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikki va undan ortiq suv olish obyektlari bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv taʼminoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv taʼminoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi).

5. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish qatʼiyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhli suv olish inshootlari boʻyicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) ruxsatnomalar olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki Mobil-ID tizimi orqali tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun undirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq ruxsatnoma beruvchi Vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchilar Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan yigʻimning 90 foizi miqdori toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza va ilovalarda notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi, ruxsatnoma berish talablari va shartlarining buzilishi hamda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan ariza tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar ilova qilingan holda, avtomatik tarzda gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Gidrogeologiya korxonalari bir ish kuni mobaynida ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya stansiyalari) ularda keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqish, shuningdek, tegishli suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga ularning oʻz vakolatlari doirasida sugʻorish maqsadlarida suv olish limitlarini kelishish uchun yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gidrogeologiya stansiyalari va suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari toʻrt ish kuni mobaynida:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish maqsadidan kelib chiqqan holda oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijasida gidrogeologiya korxonalari tegishli maʼlumot tayyorlab, Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari sugʻorish maqsadlari uchun suv olish limitlarini kelishib beradi va uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda (arizada keltirilgan maʼlumotlarni solishtirish, ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarni aniqlashtirish, yillik suv olish hajmi yoki suv olish maqsadini belgilab olish kabilar) gidrogeologiya korxonalari va suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari arizaga ijobiy javob berish maqsadida ariza beruvchilar bilan telefon orqali qayta aloqa oʻrnatishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gidrogeologiya korxonalari suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlarining tegishli maʼlumotlari asosida bir ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, ruxsatnomani mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyib rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ruxsatnoma berish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan tegishli bildirishnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar oʻn ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan takroran koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ruxsatnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va ushbu Reglamentning 3-bobiga muvofiq talab va shartlarga amal qilinishi haqida ariza beruvchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;

belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarni suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida taʼmirlash va tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;

yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga yillik hisobotni yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevraliga qadar mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish obyekti boshqa yer osti suvlaridan foydalanuvchiga yoki isteʼmol qiluvchiga berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda yoki qayta tashkil qilinganda, joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish obyektlarining soni yoki holati, shuningdek, suv olish hajmlari va maqsadlari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish obyekti joylashgan manzilning nomi oʻzgarganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan hollarda yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni isteʼmol qiluvchi yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv olish obyektining yangi egasiga ruxsatnoma ushbu Reglamentning 2-bobida keltirilgan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim ushbu Reglamentning 11-bandiga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ruxsatnomani ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi davlat nazoratini yuritadi va yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni va ularning muhofaza etilishini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Adliya vazirligi va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Xohishga koʻra

2-bosqich

1. Litsenziya axborot tizimi

Soʻrovnomani elektron shaklda toʻldirib, hujjatlarni ilova qilgan holda Gidrogeologiya korxonalariga yuboradi.

1. 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Gidrogeologiya korxonalari

Ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni gidrogeologiya korxonalariga ularda keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqish uchun va tegishli suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga sugʻorish maqsadlarida suv olish limitlarini kelishish uchun yuboradi.

1 kun

Gidrogeologiya stansiyalari

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish maqsadidan kelib chiqqan holda oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijasida tegishli maʼlumot tayyorlab, Gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboradi.

4 kun

Suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari

Sugʻorish maqsadlari uchun suv olish limitlarini kelishib beradi va uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.

4-bosqich

Gidrogeologiya korxonalari

Tayyorlangan maʼlumot asosida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimiga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

1 kun

5-bosqich

Litsenziya axborot tizimi

1. Ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqada

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________

__________________

sana

raqam

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun

ARIZA

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:

(yuridik shaxslar uchun)

F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Rekvizitlari (STIR raqami, MFO, OKED, hisob raqami): (yuridik shaxslar uchun)

F.I.O., STIR raqami: (jismoniy shaxslar uchun)

4. Suv olish obyektining joylashgan joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy):

5. Suv olishdan maqsad: (kerakli qatorga belgi qoʻyiladi)

xoʻjalik-ichimlik

ishlab chiqarish-texnik (sanoat)

qishloq xoʻjaligi (sugʻorish)

davolash-balneologik

energetika (gidroenergetika va issiqlik energetikasi)

baliqchilik

qadoqlash, shaxtadan suv chiqari� va shu kabilar

6. Jami yillik suv olish hajmi (ming.m3/yil):

7. Suv obyekt(lar)ining hisobga olingan tartib raqami

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun

maʼlumotlar

1. Yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni isteʼmol qiluvchining nomi_______________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

2. Pochta manzili, telefon raqami, faks, elektron pochtasi, STIR raqami ___________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

3. Suv olish obyektining joylashgan joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy) ____________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

4. Suv olish maqsadlariga qarab tavsiflar:

a) xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish texnik (sanoat) maqsadlari uchun (xoʻjalik faoliyati turi, ishlab chiqarish quvvati, ishchi-xodimlar soni, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni, maishiy sharoiti, obodonlashtiriladigan yer maydonlari kabilar): _______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

b) qishloq xoʻjaligi (sugʻorish) maqsadlari uchun (qishloq xoʻjaligi ixtisosligi, qishloq xoʻjaligining umumiy yer maydoni (ga), shundan yer osti suvlari hisobidan sugʻoriladigan maydon (ga), ekiladigan ekin turlari, sugʻorish usuli va suv berish tartibi (rejimi)): _____________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

v) yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadlari uchun (umumiy maydon, ga), shundan meliorativ holati yaxshilanadigan maydon (ga), vertikal drenaj quduqlarining ishlash tartibi (rejimi):__________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

g) davolash-balneologik maqsadlar uchun (ishchi-xodimlar va davolanuvchilar soni, mineral suvning shifobaxshlik xususiyatlari, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni): ____________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

5. Yillik suv hajmi (foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan suv isteʼmolining hisob-kitobi):

__________________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

6. Suv olish obyektlarining turi (burgʻi qudugʻi, buloq va boshqalar) va ularning soni: _______________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

7. Suv olish obyektlarining (burgʻi qudugʻi, quduq, galereya, buloq va boshqalar) roʻyxati:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv olish obyektlarining roʻyxatga olingan raqami va geografik koordinatasi

Burgʻi qudugʻining chuqurligi, m

Ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq, m

Nasos markasi va quvvati, m3/soat

Olinadigan yoki chiqarib tashlanadigan suvning hajmi

m3/kun

ming.m3/yil

1.

2.

3.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8. Foydalaniladigan yer osti suvlarining sifati:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv olish obyektlarining roʻyxatga olingan raqami

Suv tahlili oʻtkazilgan sana

Suvning kimyoviy tahlil natijalari

rN

Suvning mineralizatsiyasi,

mg/l

Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l

Ichimlik va balneologiya uchun suvning bakteriologik tahlili

Kation, mg/l

Anion, mg/l

Sa

Mg

Na

K

SO4

CL

NO3

HCO3

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

9. Boshqa suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchiga berilgan suvning hajmi (m3/sut, ming.m3/yiliga), __________________
__________________________________________________________________________________________________________________

10. Suv olish obyektlarida suv oʻlchovchi asboblarning oʻrnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati toʻgʻrisida maʼlumotlar ___________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________

11. Suv olish obyektlari va ularning atrofida sanitariya-muhofaza zonalari mavjudligi va holati ____________________________

___________________________________________________________________________________________________________________

12. Suvdan ikkilamchi (aylanma) foydalanish boʻyicha maʼlumotlar (hovuz orqali suvni qayta ishlatish tizimi) ___________________

___________________________________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________________________

13. Suvni isteʼmol qilishning hajmlari va turlari:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar nomi

Suv isteʼmoli:

hisob-kitob boʻyicha

amalda

m3/kun

ming.m3/yil

m3/kun

ming.m3/yil

Jami:

Oʻz ehtiyoji uchun suvdan foydalanish

Xoʻjalik ichimlik ehtiyojlari uchun

Sugʻorish uchun

Zax qochirish uchun

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun

Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga suv berish

Aylanma suv tizimlaridagi suv sarfi

Hisobga olinmagan suv sarfi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

________________________________________________________________________________‎‎‎

(gidrogeologiya korxonasining nomi)‎‎

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanush yoki maxsus isteʻmol qilish uchun
‎‎‎RUXSATNOMA

‎‎seriya

‎‎raqam

1. Ushbu ruxsatnoma__________________________________________________________________________ ga

‎‎(jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi)

‎___‎_____________________________________________________________________________
(loyiha qudugʻining joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/koʻcha)
‎‎‎________________________________________________________________________________
da joylashgan
suv olish obʻyektidan __________________________________________________maqsadlarda yer osti suvlaridan

‎‎(suvdan foydalanish maqsadlari)

‎‎maxsus foydalanish yoki maxsus isteʻmol qilish uchun berildi

‎2. Pochta manzili, telefon raqami, faks, electron pochtasi, STIR raqami _______________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎3. Suv olish maqsadlariga qarab tavsiflar _____________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎4. Yillik suv olish hajmi ____________________________________mimg.m3/yil.

‎5. Suv olish obʻyektlari turi (burgʻi qudugʻi, buloq va boshqalar) va ularning soni: _____________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎6. Boshqa suvdan foydalanuvchiga yoki isteʻmolchisiga berilgan suvning hajmi (m3/kun, ming.m3/yil)
‎____________________________________________________________________________________________

‎7. Suv olish obʻyektlarida suv oʻlchovchi asboblarning oʻrnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati toʻgʻrisida maʻlumotlar ___________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎8. Suv olish obʻyektlari va ularning atrofida sanitariya-muhofaza zonalari mavjudligi va holati ______________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎9. Aylanma (ikkilamchi) suv isteʻmoli va suvdan foydalanish boʻyicha maʻlumotlar ______________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎10. Ruxsatnomaning amal qilish muddati 20____ yil “____” ____________ gacha.
20____ yil “____” ____________

‎‎‎QR kod

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

_____________________________________________________________________ tomonidan 20____ yil uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish toʻgʻrisida

(suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchining nomi)

H I S O B O T

1. Suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchining manzili ______________________________________________________________________, telefon raqami _______________________, STIR _______________________.

2. Suv olish obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot

T/r

Suv olish inshooti nomi (quduq, buloq va boshqalar), ularning raqami va joylashuvi

Ishga tushirilgan yili

Suv olish usuli (oʻzi chiquvchi, nasos rusumi, quvvati va boshqalar)

Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish maqsadi (XI, IChT, QX, DB, B, Q, ShSCh*)

Izoh

(suv olish obyektlarining umumiy soni, ulardan ishlaydiganlari va boshqa maʼlumotlar)

3. Yer osti suvlarini olish toʻgʻrisida maʼlumot

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv olish inshooti nomi

20__yilda olingan suv hajmi, ming m3

Shu jumladan, oylar boʻyicha, ming m3

Izoh

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

4. Suv obyektidan olingan suvning sifati toʻgʻrisida maʼlumot

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv olish obyektining raqami va nomi

Tahlil oʻtkazilgan sana

Laboratoriya nomi

Suvning kimyoviy tahlili natijasi

rN

Suvning mineralizatsiyasi, mg/l

Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l

Izoh

Kationlar, mg/l

Anionlar, mg/l

Sa

Mg

Na

K

SO4

CL

NO3

HCO3

Hisobotni tayyorladi va topshirdi:__________________________________________________________

Hisobotni koʻrib chiqdi va qabul qildi: ____________________________________________________________

M.Oʻ.

(imzo, F.I.O.)

M.Oʻ.

(imzo, F.I.O.)

Sana:_________

Sana:_________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* XI — xoʻjalik-ichimlik; IChT — ishlab chiqarish texnik (sanoat); QX — qishloq xoʻjaligi (sugʻorish); DB — davolash-balneologik, B — baliqchilik, Q — qadoqlash, ShSCh — shaxtadan suv chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmayd�.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdori.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

6 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:

suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;

belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarning suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish choralarini koʻrishi;

suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohilboʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;

yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida taʼmirlash va tiklash ishlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;

yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;

yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga yillik hisobotni yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevraliga qadar Maʼmuriy reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi hududiy gidrogeologiya stansiyalari.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.

Guruhli suv olish inshootlari boʻyicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.

12.

Izoh:

Ruxsatnoma berishning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining koʻtarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.

Ikki va undan ortiq suv olish obyektlari bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv taʼminoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv taʼminoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.

Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi).

Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish qatʼiyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandning “a” kichik bandidagi “geologiya va mineral resurslar boʻyicha organlar (yer osti suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida),” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 15-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3i-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatining “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III-toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlari” boʻlimi 6-bandidagi “, shuningdek, suv chiqarish quduqlarini burgʻilash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-avgustdagi 672-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 27-martdagi 184-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/9/0007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)