Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZAGROSUGʻURTA” DAVLAT-AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASINI XOʻJALIK SUDIGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJI TOʻLASHDAN OZOD QILISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi tomonidan toʻlangan sugʻurta toʻlovlari hisobiga qishloq xoʻjaligi korxonalaridan qarzlarni undirib olish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi boʻlimlari:
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan banklarning kreditlari qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilishini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlangan sugʻurta toʻlovlari uchun qishloq xoʻjaligi korxonalaridan qarzlarni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-aprel,
218-son