Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-440 sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-440-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-noyabr,
2157-III-son