Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi QL-561-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi QL-561-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
384-IV-son