Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 23-avgustda qabul qilingan va 2020-yil 19-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan rad etilgan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
379-IV-son