Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2904-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son (roʻyxat raqami 2904, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-dekabr,
01-02/12-60-son
Kelishildi:
Rais A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 7-dekabrdagi 01-02/12-60-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““eksport” bojxona rejimida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” yoʻlak orqali avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan hollarda, bundan mazkur Qoidalarning 5-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mustasno;”.
2. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Xorijiy davlatlar bojxona organlari, transport va ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan tovar va transport vositalariga qoʻyilgan identifikatsiya vositalari qatorida tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va ushbu tovarlarni yuboruvchilarning identifikatsiya vositalari ham tan olinadi.”.
3. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““Eksport” bojxona rejimida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” yoʻlak orqali avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, tovarlar Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi rasmiylashtirilgan holda olib chiqilayotganda, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va (yoki) tashuvchilarning talabiga koʻra maxsus bojxona plombalari chegara bojxona postlarida transport vositalarining yuk boʻlimlariga qoʻyiladi.”.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2904-2/1701-son)