22.07.2020 yildagi 378-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida Hukumat tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 100,2 foizni, uning tarkibida sanoat — 98,1 foizni, xizmatlar — 99,3 foizni, qishloq xoʻjaligi — 102,8 foizni tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kiritilgan 3 mlrd. 860 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi hamda respublika boʻyicha jami eksport hajmi 6 mlrd. 285 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, investitsiyaviy faollikni ragʻbatlantirish, hududlarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, soliq yukini kamaytirish, aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga Hukumat tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shular natijasida joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat dasturidagi bajarilishi belgilangan 118 ta banddan 64 tasi toʻliq bajarildi, 15 tasining bajarish muddati uzaytirildi, 39 tasining ijrosini toʻliq taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar taʼkidlaganidek, Davlat dasturidagi tadbirlarning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan ayrim qiyinchiliklar tufayli baʼzi bandlarning bajarilishi kechikmoqda, qator vazifalarning ijrosi bugungi kunga qadar taʼminlanmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Davlat dasturining ijrosini taʼminlashda Hukumat aʼzolari qator masalalarda alohida eʼtibor qaratishi lozimligini qayd etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan jozibador investitsiya muhitini yaratish, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan binolardan samarali foydalanish, koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni jadallashtirish zarurligi aytib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish, oliy taʼlim sohasida oʻz yechimini kutib turgan masalalarni hal etish, maktablarning qurilish-montaj ishlarini tahlil qilgan holda, bu boradagi ishlarni jadallashtirish, taʼlim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish, tashqi reklama bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash lozimligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston XDP fraksiyasi tomonidan pandemiyaga qarshi kurashish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanish tizimini takomillashtirish, “Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida”gi qonunni keng muhokamalar asosida tezroq qabul qilish, isteʼmol mahsulotlari va dori vositalari narxlari asossiz oshib ketishining oldini olish, kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlarini qonun hujjatlarida belgilash zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga doir dasturni tez kunlarda qabul qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga, sogʻliqni saqlash sohasiga hamda boshqa sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” dasturi ishlab chiqilishini jadallashtirishga urgʻu berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligida suvni tejovchi texnologiyalarini joriy etish koʻlamini kengaytirish, aholiga ichimlik suvi yetkazib berish sifati va xavfsizligini taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tatbiq etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, shaharlardagi oqava suvlarni tozalash inshootlarining faoliyati samaradorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash muhimligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan bugungi murakkab sharoitda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va call-markazlari ishini tubdan qayta koʻrib chiqish hamda samarali tashkil etish, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj katlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholi bandligini taʼminlash, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish ustuvor vazifa boʻlib qolayotganligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yilligida bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-sonli Farmonida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan Hukumatning taʼsirchan hamda samarali nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va hududlar kesimida Davlat dasturining bajarilishi holatini Vazirlar Mahkamasi majlislarida doimiy ravishda tanqidiy muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturidagi bajarilmagan, muddati oʻtgan bandlarning ijrosini yakuniga yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida koʻzda tutilgan qonun loyihalari belgilangan muddatlarda tayyorlanishi barobarida ularning sifatli va puxta huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlari asosiy ijrochi boʻlgan bandlarning bajarilishi yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus pandemiyasi jiddiy taʼsir koʻrsatayotgan iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va call-markazlari ishini samarali tashkil etish, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur choralar koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 15 ta bandda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan har bir tadbirning bajarilishi qanday natijadorlikka erishilganligini tahlil qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik orasida pandemiya sharoitida virus tarqalishining oldini olish murakkabliklari, bu borada amalga oshirilayotgan choralar, sanitariya-gigiyena qoidalari borasidagi targʻibot ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning samarali ijro etilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-IV-son