Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.06.1995 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YaZEKS” (TURKIYA) KORPORATSIYASINING TEXNIKAVIY KOʻMAGIDA QURILAYOTGAN TOʻQIMAChILIK MAJMUILARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishda yagona texnika siyosatini olib borish, paxta tolasidan samarali foydalanish, eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon, Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining, Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasi texnikaviy koʻmagida qurilayotgan toʻqimachilik majmuilari muassislari va aksionyerlarining (ilovaga muvofiq) toʻqimachilik majmuilarining yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi tarkibiga kirishlari haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida ustav jamgʻarmasida Turkiya tomonining ulushi 51 foiz boʻlgan paxta tolasini qayta ishlovchi “Samjinteks” Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi qurilishi tugallanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon, Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari (Obidov, Xidirov, Islomov, Jumaniyozov) “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Ismoilov) va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (Qozoqxonov) bilan birgalikda ilovada sanab oʻtilgan toʻqimachilik majmuilarining 1995-1996-yillarda ishga tushirilishini taʼminlasinlar, buning uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan qurilish ishlari, yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar va xoʻjaliklardan olingan paxta tolasi uchun tegishli xoʻjalik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni bir oy muddatda amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik majmuilari aksionerlik jamiyatlari muassislari va aʼzolarining hamda viloyatlarning boshqa xoʻjalik tuzilmalarining mablagʻlarini (ularga aksiyalar sotish ham shu jumlaga kiradi) qidirib topsinlar va obyektlar qurilishi tugallanishiga yoʻnaltirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Anteks”, “Quva” va “Qashteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining paxta tolasiga boʻlgan ehtiyojini aniqlasinlar va xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan hajmlar hisobiga 1994-1995-yillar hosilidan ularga belgilangan tartibda paxta tolasi ajratsinlar. Ajratilgan paxta tolasini sotish, sotishdan olingan mablagʻlarning 30 foizi majburiy ravishda Markaziy bankka sotilgan, qolgan qismidan tegishli toʻqimachilik majmuilarini butlash uchun yetishmayotgan texnologik asbob-uskunalarni sotib olishda foydalanilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining toʻqimachilik majmuilari qurilishini tugallashga yetishmayotgan mablagʻlarni qoplash uchun kredit resurslarini belgilangan tartibda qidirib topsin va zarur boʻlsa “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi ularga berilgan vakolatlarga muvofiq yagona texnika siyosati olib borish, marketing, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, mutaxassislar tayyorlash va ishlab chiqarishni ular bilan taʼminlash boʻyicha toʻqimachilik majmuilarining faoliyatini muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 22-iyundagi 233-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning “Yazeks” firmasi texnikaviy koʻmagida qurilayotgan toʻqimachilik majmuilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tarkibiga kiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qashteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Qashqadaryo viloyati)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gurlan” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Xorazm viloyati)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quva” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Fargʻona viloyati)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Anteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Andijon viloyati)