Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoni)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
834-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 566-son qarorining 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 29-son, 335-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning yettinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandning yettinchi xatboshidagi “Qimmatbaho metallar agentligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 28-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 38-son, 1051-modda) bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-banddagi “va Agentlikka” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-banddagi “haqiqiy ogʻirligi toʻgʻrisida Agentlik axboroti asosida” soʻzlari “haqiqiy ogʻirligidan kelib chiqib,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy bank va Agentlikka” soʻzlari “Markaziy bankka” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Markaziy bank toʻlovi amalga oshirilgan tegishli miqdordagi qimmatbaho metallar plastinalarini bosh tijorat banklariga taqdim etadi”;
d) 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
e) 11-banddagi “Agentlikdan” soʻzi “Markaziy bankdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) Nizomga 1-ilovada:
“2-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidan “va Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Tadbirlar” ustunidan “Markaziy bank va Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankka” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidan “haqiqiy ogʻirligi toʻgʻrisida Agentlik axboroti asosida” soʻzlari “haqiqiy ogʻirligidan kelib chiqib,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Markaziy bank va Agentlikka” soʻzlari “Markaziy bankka” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidagi “Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy bank” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Qimmatbaho metallar agentligidan” soʻzlari “Markaziy bankdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) Nizomga 3-ilovaning izohidagi “Markaziy bank va Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankka” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qarorida:
a) 4-banddagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining bosh direktori B.B. Sobirov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan, davlat daromadiga oʻtkazilgan va berilgan boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi tomonidan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-noyabrdagi 926-son qarorida:
a) nomidagi va 1-banddagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” va “maxsus hisob raqamiga” soʻzlari tegishli ravishda “Markaziy bankiga” va “alohida hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining bosh direktori B.B. Sobirov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) qarorga ilovada:
nizom nomidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Agentlik” soʻzi “Markaziy bank” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Agentlikning maxsus hisobvaragʻiga tushishiga qarab vakolatli bankda” soʻzlari “Markaziy bankning alohida hisobvaragʻiga tushishiga qarab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-kichik bandlardagi “Agentlikning maxsus hisobvaragʻiga” soʻzlari “Markaziy bankning alohida hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Markaziy bank” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan, davlat daromadiga oʻtkazilgan va berilgan boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga sotish sxemasi”;
“1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Agentlikka” soʻzi “Markaziy bankka” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2-bosqich”, “3-bosqich”, “4-bosqich” va “6-bosqich” pozitsiyalardagi “Subyektlar” ustunidagi “Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Markaziy bank” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni begʻaraz berish toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi 345-son qarorining 1-bandidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari “Markaziy bankiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 46-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika oliy taʼlim muassasalarida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, unda toʻplash mumkin boʻlgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini toʻplab, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar toʻlov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinishlari mumkin”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati “Toshkent shahar” boʻlimining 267-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
| 267. | Ilgarigi Azovo-Donsk banki binosi | 1915-yil | Zarafshon koʻchasi, 4-uy | Davlat mulki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
”.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining 6-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2003-yil 2-iyuldagi 300-son qarorining 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)